230
Kursor
ing
Cursor
matn terish oynasidagi kichik vertikal chiziq,
matn terilganda harflar qayerda paydo bo‘lishini
ko‘rsatish uchun yonib-o‘chib turadi.
Shuningdek,
matndagi so‘zlar va so‘z qismlarini belgilash uchun
foydalaniladi.
Ma’lumot
ing
Data
1. Kompyuterda
ishlangan va saqlanadigan
ma’lumot. Bu ma’lumot matn, tasvir, ovoz,
dasturiy ta’minot va h.k. shaklida bo‘lishi
mumkin.
2. AKT sohasida alohida ko‘rinishda hech qanday
mazmunga ega boʻlmagan bitta raqam yoki soʻz.
Ma’lumotlar bazasi
ing
Database
elektron shaklda jadval yoki jadvallar to‘plami
ko‘rinishida
jamlangan, qayta ishlanadigan va
saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami.
Qaror qabul qilish
ing
Decision
1. Fikrlash so‘nggida ma’lum xulosaga kelish.
2. “Ha” yoki “Yo‘q” javobiga erishish.