Boolean [bulin] ing Boolean mantiqiy funksiya yoki operatsiya. Ikki qiymatga — 1
(rost) yoki 0 (yolg‘on) — ega ma’lumot turi.
Boolean oʻz nomini Jorj Bul ismli matematikdan
olgan.
Chegara ing Borders 1. Matnni yoki kontentni 4 tomondan (chap, o‘ng,
tepa, past) o‘rab turuvchi chegara. Chiziq va turli
grafik elementlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
2. Ish maydoni chegarasi.
O‘q nuqtalari ing Bullet points matn bilan ishlash dasturlarida bir necha elementlarni
ro‘yxat shaklida ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
Hisoblash, kalkulyatsiya ing Calculate matematik uslublardan foydalangan holda natijani
ishlab chiqish.
Katak ing Cell elektron jadvaldagi katakcha.
Katak manzili ing Cell reference Elektron jadvaldagi bitta katak uchun ustun harfi va
satr raqami kesishuvidagi manzil, masalan “C3”.
Markaz ing Centre matnni yoki obyektni markazga surish.
1. Matn bilan ishlash dasturida — matnni satrga
nisbatan o‘rtaga joylashtirish.
2. Elektron jadval bilan ishlash dasturida —
matn/son/qiymatni katakka nisbatan o‘rtaga
joylashtirish.
Kliyent ing Client serverga ulanadigan va undan ma’lumot
so‘raydigan dastur yoki kompyuter. Misol uchun,
veb-brauzer. Kliyent dasturini “Kliyent dasturi” yoki
“Kliyent-server dasturi” deb ham atash mumkin.
229 Glossariy
Ustunlar ing Columns jadvaldagi vertikal chiziqlar bilan ajratilgan
maydonlar.
Elektron jadval bilan ishlash dasturida lotin alifbosi
harflari bilan belgilangan va ishchi oynaning
yuqorisida aks ettiriladi.