86
1.2-mashgʻulot
Maʼlumotlar bazasi bir yoki bir nechta jadvallardan tashkil topadi.
Har bir
jadval bir mazmundagi maʼlumotni saqlaydi. Masalan, shifoxonada bemorlar
haqida jadval, shifokorlar haqida jadval, qabul
vaqtlari haqida va shu kabi
jadvallar bor.
Har bir jadval
maydonlarga tartiblangan koʻplab axborot qismlaridan
tashkil topgan. Masalan, bemorlar haqidagi
jadvalda ularning ismi, sharifi,
tavallud sanasi va shu kabi ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Bularning har biri
maydonlardir.
Jadval maʼlumot bilan toʻldirilganida, maʼlumotning har bir
qatori bir predmet,
obyekt yoki shaxs haqida boʻladi. Bemorlar haqidagi
jadvalda har bir qator bir
bemor haqida bo‘ladi. Bu
yozuv deb ataladi.
Maʼlumotlar bazasi koʻplab shakllarda boʻladi va foydalanishingiz uchun
turli dasturiy taʼminotlar mavjud. Microsoft Access maʼlumotlar bazasi
bilan ishlovchi dasturlardan biri. Siz ushbu modul davomida maʼlumotlar
bazasiga maʼlumot kiritish va tegishli axborotlarni
qidirishda Microsoft Access
dasturidan foydalanasiz.
Bemorning
identifikatori Ismi
Familiyasi
Tug'ilgan
sanasi
Palata raqami
12ABS
Ilhom
Obidov
01/02/1975 2a
55KKl
Sanjar
Ikromov
16/03/1968 5b
19HH1
Sevara
Qurbonova
02/02/1982 3a
77EJ9
Diyora
Saidova
08/12/1983 2a
Bu BEMORLAR deb nomlangan
jadval. Bu jadval kasalxonadagi
bemorlar haqidagi ma’lumotlarni
saqlaydi.
Har
bir qator yozuv deb
ataladi. Har bir yozuv bitta
bemorga taaluqli barcha
maydonlardan iborat.
Jadvaldagi har bir ustun maydondan tashkil topgan.
Unda har bir yozuv haqida bitta ma’lumot mavjud.
Masalan,
Bemorning identifikatori bu bitta maydon
hisoblanadi.
Jadvaldagi beshta maydon nomini yozing. Iltimos, javoblaringizni daftaringizga
yozing. Darsligingizga yozmang.