|
• qidiruvda “NOT” soʻzidan foydalanish;
•Bog'liq 6-sinf• qidiruvda “NOT” soʻzidan foydalanish;
• qidiruvda “koʻp va teng” hamda “kam va
teng” koʻrsatkichlaridan foydalanish.
Boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz lozim:
• kalit sozlardan foydalanib qidirish;
• qidiruv tizimlaridan foydalanib internetda qidirish orqali axborotlarni topa
olish;
• maʼlumotlar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishingiz, masalan, maʼlumotlarni
jamlash hamda maʼlumotlarni oʻqish va tahlil qilish (maʼlumotlar nimani
anglatishini tushunishingiz). Bularni grafiklar va jadvallar yaratganingizda
bajargan boʻlishingiz mumkin.
Kirish
Barcha tashkilotlar, kompaniyalar bir necha turdagi maʼlumotlarni saqlaydi. Ular oʻz
tashkilotlarida ishlovchi odamlar, ular sotadigan mahsulotlar va qancha pul ishlab
topishi haqidagi maʼlumotlarni saqlashi mumkin. Bu maʼlumotlar turli usullarda
saqlanishi mumkin. Masalan, elektron jadvallardan foydalanib,
maʼlumotlar bazasi
yoki maʼlumotlarni shunchaki matnli hujjatlarga kiritish yordamida. Bu modulda
maʼlumotlar qanday qilib maʼlumotlar bazasida saqlanishini va axborotlarni ushbu
maʼlumotlar bazasidan qanday qidirish haqida bilib olasiz.
84
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Maʼlumotlar bazasi fayliga yangi yozuvlar kiritish
2
Maydonlar turini aniqlash
3
Qidiruvlarda “teng”, “koʻp” va “kam” koʻrsatkichlardan foydalanish
4
Qidiruv shartlaridan foydalanib qayta so‘rov yozish
5
Maʼlumotlarni tahlil etish
Axborot: bu
qiymatga ega
maʼlumot va
u sizga nima
deyotganini
tushuna olasiz.
Masalan, 12 ta ot.
Maʼlumot: bir
oʻzi biror maʼno
bermaydigan
raqam yoki
soʻzlar. Masalan
25 yoki
maʼlumotlar
bazasi.
Maʼlumotlar
bazasi:
jadvallarda
saqlanuvchi
maʼlumotlar
toʻplami.
|
| |