• Katak fonining rangi
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    Shriftni formatlash
    Katakni bir marta bosganingizda shrift turi va o‘lchami kabi formatlarni o‘zgartirishingiz mumkin.


    82
    Shriftni qalin, qiya va tagiga chizilgan qilib qoyishingiz, shrift rangini oʻzgartirishingiz va matnni 
    chapdan, markazdan yoki o‘ngdan tekislashingiz mumkin.
    Katak fonining rangi
    Agar katak fon rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, katakni bir marta bosing. 
    Bo‘yash uskunasi (chelakcha) yonidagi strelka belgisini bosing.
    Keyin rangni tanlang.
    Katakning chegarasi
    Siz alohida katakka yoki kataklar guruhiga chegara qo‘shishingiz mumkin.
    Har bir alohida katak atrofida chiziqlar qo‘yish uchun bitta chegarani yoki All Borders buyrug‘ini 
    tanlang.
    Shuningdek, siz chegara chizig‘ining rangini (Line Color) va chegara chizig‘i turini (Line Style) 
    o‘zgartirishingiz mumkin.


    83
    3
    Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
    Ushbu buyruq tanlanganda qalamcha belgisi paydo bo‘ladi. Chiziqlar chizmoqchi bo‘lgan 
    qirralaringiz ustiga sichqonchaning chap tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi.
    7.1-mashg‘ulot
    Ultimate League elektron jadvaliga tegishli sarlavha qo‘shing. Sarlavhangiz quyida 
    talablarga javob berishi kerak:
    • shrift matnning qolgan qismiga nisbatan kattaroq o‘lchamda bo‘lishi;
    • qalin shriftda bo‘lishi;
    • bir qator kataklar ustida joylashgan bo‘lishi. Ushbu kataklarni birlashtirishingiz kerak 
    bo‘ladi.
    7.2-mashg‘ulot
    Ultimate League elektron jadvalidagi qolgan yorliqlar va ma’lumotlarning shrift turini 
    o‘zgartiring.
    Elektron jadvalga mos keluvchi matn turidan foydalaning. Bir xil mavzudan foydalaning va 
    har bir katak uchun har xil shrift turi, o‘lchamlari va ranglarini ishlatishdan saqlaning.

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish