125
4
Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
1-mashg‘ulot
Kutubxona uchun kerakli maʼlumotlar bazasi turini tasvirlab bering.
Quyidagilarni aniqlang:
• ma’lumotlar bazasining maqsadini;
• kutubxona maʼlumotlar bazasini nima uchun ishlatishi mumkin ekanini;
• maʼlumotlar bazasidan foydalanuvchi insonlar kimlar ekanini;
• har bir shaxs maʼlumotlar bazasidan nima uchun foydalanishini.
2-mashg‘ulot
Har bir kitob haqida axborot saqlaydigan maydonlar roʻyxatini tuzing. Har bir maydon uchun
mos nomlarni tanlaganingizga ishonch hosil qiling.
3-mashg‘ulot
2-mashg‘ulotdagi har bir maydon uchun kerakli ma’lumot turini aniqlang.
4-mashg‘ulot
Kutubxona uchun yangi maʼlumotlar bazasini va jadval yarating.
Jadvalingizdagi kamida bir maydon uchun ochiluvchi ro‘yxat yarating.
5-mashg‘ulot
Jadvalingiz uchun foydalanuvchi maʼlumot kiritadigan formani yarating.
6-mashg‘ulot
Maʼlumotlar bazasiga kamida oʻnta kitob haqida yozuv qoʻshish uchun foydalanuvchi
maʼlumot kiritadigan formadan foydalaning.