|
Cover ict stb inddBog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 20227-mashg‘ulot
Kutubxonadagi barcha kitoblarning nomi, muallifi va janrini oʻz ichiga oluvchi matnli hujjat
yarating.
8-mashg‘ulot
Har bir kitob nomi va u oʻquvchilar tomonidan necha marta olingani yozilgan elektron
jadvaldan foydalanib, diagramma yarating.
9-mashg‘ulot
Maktab kutubxonachisiga maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash nima uchun muhimligini
hamda maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni qanday qilib xavfsiz saqlashini aytib, bu
haqida hisobot yozing.
10-mashg‘ulot
Maʼlumotlar bazangiz ishlashini test qilishning uchta usulini tasvirlab bering.
126
Validatsiya:
maʼlumotlarning
mosligini tekshirish.
Kalit so‘zlar
1-masala
Validatsiya qoidalari
Maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan maʼlumotlar uchun cheklov qoʻyishingiz mumkin. Bu
validatsiya deb ataladi. U foydalanuvchilar tomonidan mos kelmaydigan axborot kiritilishini
taqiqlash uchun ishlatiladi. Masalan, ism kiritish kerak bo‘lgan maydonga “123456!” ma’lumotni
kiritmaslik kerak.
Agar ochiluvchi ro‘yxat kiritsangiz, maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan boshqa har qanday
ma’lumotni taqiqlashingiz mumkin.
1. Jadvalni oching.
View
tugmasini bosing va
Designni tanlang.
2. Qoidani kiritish kerak boʻlgan maydon ustiga bosing.
3. “Validation Rule” maydonida har bir variantni orasida qoʻshtirnoq (“ ”), “Or” (Yoki) soʻzi bilan
yozing. Masalan, “8–12” Or “13–17” Or “18+”.
Bu degani, faqat 8–12 yoki 13–17 yoki 18+ variantini kiritish mumkin. Boshqa har qanday
ma’lumot kiritilganda, xatolik xabari chiqadi.
“Validation Text” katagida xatolik bo‘lganini bildiruvchi xabarni oʻzingiz yozishingiz mumkin.
|
| |