|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 102/112 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 5,09 Mb. | | #140808 |
Bog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 2022Kontent
ing
Content
Tarkib, mazmun ma’nosida. Hujjatga kiritilgan matn, grafik
obyektlar. Veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqdagi maqola, audio,
video.
Cookies [kukis]
Ing
Cookies
Yoki HTTP cookie (shuningdek web cookie, Internet cookie,
browser cookie) Biror veb-saytga o‘tilganda foydalanuvchi
kompyuterida kichik fayl ko‘rinishida saqlanib qoladigan
ma’lumotlar. Cookies faylida foydalanuvchi tomonidan veb-
saytni navigatsiya qilish jarayonidagi amallarining bir qismi
(foydalanuvchi ismi/laqabi, qaysi tugmalarni qay tartibda
bosgani, qanday sahifalarni necha bor ko‘rgani va h.k.) yozib
boriladi. Odatda, aksariyat veb-saytlar foydalanuvchini
Cookies’lar ishlayotgani haqida ogohlantirib, rozilik so‘raydi.
Mualliflik_huquqi__ing_Copyright'>Mualliflik huquqi
ing
Copyright
Mualliflik huquqi intellektual mulk egasining qonuniy
huquqini anglatadi. Sodda qilib aytganda, mualliflik huquqi
“copy” - nusxa ko‘chirish “right” - huquqidir.
Faqat mualliflar (jismoniy yoki yuridik shaxs) va ular ruxsat
bergan shaxslar muallif asarini nusxalashi va tarqatishi
mumkin. Agar material mualliflik huquqi bilan himoyalangan
bo‘lsa unga © belgisi, huquq kuchga kirgan yil va shaxs ismi-
sharifi/nomi yoziladi. Misol uchun “© 1994-2020, Microsoft
Corporation”.
Muallif
ing
Creator
Kontent yaratuvchisi.
Kesish, Qirqish
ing
Crop
Tasvirlarga nisbatan foydalaniladi, tasvirning bir qismini olib
tashlash.
Moslashtirish
ing
Customize, Customization
Maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirish.
Ma’lumot
ing
Data
1. Kompyuterda ishlangan va saqlanadigan ma’lumot. Bu
ma’lumot matn, tasvir, ovoz, dasturiy ta’minot va h.k.
shaklida bo‘lishi mumkin.
2. AKT sohasida alohida ko‘rinishda hech qanday mazmunga
ega boʻlmagan bitta raqam yoki soʻz.
|
| |