|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 100/112 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 5,09 Mb. | | #140808 |
Bog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 2022Tomonlarning nisbati
ing
Aspect ratio
Tasvirning eni va bo‘yi nisbati. Odatda tasvir ko‘rsatuvchi
qurilmalarga (monitor, ekran) nisbatan foydalaniladi. Bugungi
kunda standart nisbatlar – 4:3, 16:9.
Muallifni qo‘shib/kiritib qo‘yish
ing
Attribution
Boshqalarga tegishli bo‘lgan materialdan yoki fikrdan
foydalanilganda, uning muallifiga havola qo‘yish - muallif
ismi-sharifi yoki material olingan manba nomini, veb-
manzilini yozib qo‘yish.
Auditoriya
ing
Audience
Ma’lum kontentning maqsadli foydalanuvchilari.
Avtomatlashtirilgan
ing
Automated
Taqdimotlar bilan ishlash dasturida slaydlar almashinuvi va
animatsiyalarning inson aralashuvisiz namoyish etilishi.
Bluetooth
[blyutus]
ing
Bluetooth
Mobil telefonlar, kompyuterlar va boshqa elektron
qurilmalarning qisqa masofali simsiz o‘zaro
aloqasi standarti.
Chegara
ing
Borders
1. Matn yoki kontentni 4 tomondan (chap, o‘ng, tepa, past)
o‘rab turuvchi chegara. Chiziq va turli grafik elementlar
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
2. Ish maydoni chegarasi.
Choʻtka, Moʻyqalam vositasi
ing
Brush tool
Tasvirlarni tahrirlash dasturida boʻyoq choʻtkalari yoki
moʻyqalam kabi amallarni bajaradigan (turli qalinlik va
teksturali chiziqlar chizadigan) instrument-vosita.
O‘q nuqtalari
ing
Bullet points
Matn bilan ishlash dasturlarida bir necha elementlarni ro‘yxat
shaklida ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
Kuydirish vositasi
ing
Burn tool
Tasvirlarni tahrirlash dasturida tasvirga qoraytirib kuydirish
effektini qo‘llaydigan mo‘yqalam vositasi.
|
| |