• 2-mashg‘ulot
  • 3-mashg‘ulot
  • 4-mashg‘ulot
  • 6-mashg‘ulot Maʼlumotlar bazangiz ishlayotganini test qilishingiz uchun uchta usul yozing. 7-mashg‘ulot
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    134
    1-mashg‘ulot
    Maktab rahbariyati uchun zarur maʼlumotlar bazasini tasvirlab bering. Quyidagilarni 
    aniqlang:
    ma’lumotlar bazasining maqsadi;
    maktab rahbariyati maʼlumotlar bazasidan nimalarni aniqlash uchun foydalanmoqchi;
    maʼlumotlar bazasidan kimlar foydalanadi;
    har bir shaxs maʼlumotlar bazasidan nima maqsadda foydalanadi.
    2-mashg‘ulot
    Maʼlumotlar bazasi talab qiluvchi maydonlar roʻyxatini tuzing. Maydonlar uchun munosib 
    maʼlumot turini tanlang. Aniqlagan maydonlaringizdan foydalanib, yangi maʼlumotlar bazasi 
    va jadval yarating.
    Kamida bir maydonda ochiluvchi ro‘yxat boʻlsin.
    Jadvalingizga kamida bitta validatsiya qoidasini kiriting.
    3-mashg‘ulot
    Yangi yaratgan jadvalingiz uchun maʼlumot kiritish formasini yarating. Maʼlumotlar bazasiga 
    kamida oʻn dona chipta sotuvini kiritish uchun formadan foydalaning.
    Maʼlumot kiritish formasini yanada chiroyli va qiziqarli bo‘lishi uchun tahrirlang.
    4-mashg‘ulot
    Chiptalarni sotib olgan insonlarga xat yozish uchun matn bilan ishlash dasturidan 
    foydalaning. Ularga oʻyinning vaqti va sanasi, shuningdek, sotib olgan chiptalari sonini 
    eslating.
    5-mashg‘ulot
    Maktabga maʼlumotlar nima uchun xavfsiz saqlanishi muhimligi va ularni qanday qilib 
    xavfsiz saqlash mumkinligini bildiruvchi hisobot yozing. Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlar 
    uchun avtomatlashtirilgan elektron pochta xabarini yarating.
    6-mashg‘ulot
    Maʼlumotlar bazangiz ishlayotganini test qilishingiz uchun uchta usul yozing.
    7-mashg‘ulot
    Ikkitadan koʻp chipta sotib olgan barcha insonlarni topish uchun soʻrov yarating.


    135
    4
    Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
    O‘ylab ko‘ring
    Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
    1. Odatda bir kunda nechta turdagi maʼlumotlar bazasiga kirasiz? Kompyuterdan nima maqsadda 
    foydalanishingiz haqida oʻylang, masalan, internet va shu kabilar. Siz foydalanadigan 
    dasturlardagi maʼlumotlar roʻyxatini tuzing.

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish