92
Butunjahon internet tarmog‘i (WWW) qiziqarli va koʻngilochar sahifalarga
boydir.
Shuningdek, undan foydalnish jarayonida ayrim xavflarga duch
kelishingiz mumkin. Internetdan foydalanayotganda
bu xavflarni oldindan bila
olishingiz va oʻzingizning xavfsizligingizni taʼminlashingiz kerak. Bu
elektron
xavfsizlik (e-safety) deyiladi.
Axborot topish uchun qidiruv tizimlaridan foydalanganda tahqirli yoki
noqonuniy (qonunga zid) axborotlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu maʼlumotlarga
diqqatingizni qaratmasligingiz kerak. Zararli maʼlumotlarga
duch kelmaslik
uchun quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling:
•
Qidiruv soʻzlarini ehtiyotkorlik bilan tanlang. Yetarli maʼlumot bermaydigan
har qanday xato yoki umumiy qidiruv soʻzlari
sizga foydasiz yoki zararli
bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalarni berishi mumkin.
•
Veb-sahifani ochish jarayonida unda zararli maʼlumotlar boʻlishi mumkinligi
haqida ogohlantirishlarga eʼtibor bering.
•
Barcha qidiruv natijalari ishonchli boʻlmasligini unutmang.
Faqat mashhur
va ishonchli saytlarning havolalariga kiring.
•
Qidiruvning birinchi natijalari hamisha ham eng yaxshisi boʻlmasligi
mumkinligini yodda tuting. Ayrim kompaniyalar qidiruv natijalarida yuqori
o‘rinlarda bo‘lishlari uchun pul toʻlashadi.
Bunday natijalar yonida
Ad yoki
Sponsored degan yozuvi boʻladi.
Internetdan foydalanganda xavfsizligingizga qattiq e’tibor bering. Qidiruv
natijalari havolasini tanlaganingizda ehtiyot boʻlishingiz kerak.
Hosil qilingan
natijalarni aql bilan tanlang!
Zararli maʼlumot mavjud sahifani topsangiz, darhol oʻqituvchingizga ayting.
Shunda muammoga duch kelmaysiz.