87
4
Dasturlashni boshlash
Yakuniy loyiha – “Taq-tuq” ismli ot
Oʻqituvchingiz sizga bergan “Zoo.sb2” faylini oching.
Taq-tuq ismli ot hayvonot bogʻiga keldi va bu yerdagi barcha hayvoniarni
koʻrmoqchi. U harakatlanishni oq quti ichida boshlaydi.
U faqat qizil doiralarga tegib turgandagina hayvonlarni ko‘ra oladi. Taq-tuq birinchi
bo‘lib yoʻlbarslarni ko‘rmoqchi.
1-mashg‘ulot
Taq-tuqni yoʻlbarslar yonidagi qizil nuqta tomon harakatlantirish uchun blok-
sxema chizing.
2-mashg‘ulot
Blok-sxemani doʻstingizniki bilan almashtiring.
Doʻstingizning blok-sxemasidan foydalanib Taq-tuq oti yoʻlbarslarni koʻrish uchun
yetib bora olishini aniqlang.
3-mashg‘ulot
Taq-tuq ismli otni yoʻlbarslar tomon harakatlantiruvchi dastur yaratish uchun blok-
sxemadan foydalaning.
Qayta boshlash tugmasi Taq-tuqni
boshlang‘ich nuqtaga qaytaradi.
4-mashg‘ulot
Dasturingizni oʻzgartiring.
Taq-tuq yoʻlbarslarni koʻrganidan
keyin:
• pingvinlar;
• keyin esa maymunlar;
• va oxirida fillarning oldiga
borishni xohlaydi.
Agar dasturingiz birinchi urinishda ishlamasa, xavotir olmang! Undagi xatolarni
aniqlang va muammolarni hal qiling.