• Ssenariy 102
  • Cover ict stb indd




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/88
    Sana22.01.2024
    Hajmi38,94 Mb.
    #143143
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
    Bog'liq
    5-sinf informatika (Cambridge )

    Ko‘rsatma


    101
    5
    Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
    Mening mamlakatim
    Sizga bir tadqiqot loyihasi bajarish uchun topshirildi. Mamlakatingiz haqida 
    quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobotni tayyorlashingiz kerak:
    Yer sharining qayerida joylashgani;
    iqlimi;
    hududining o‘lchami va shakli;
    aholisi;
    va yana beshta boshqa fakt.
    Tadqiqot boʻyicha hisobotingizni yozish uchun ma’lumotlarni butunjahon 
    internet tarmog‘idan qidirishingiz kerak boʻladi.
    1-mashg‘ulot
    Mamlakatingiz haqida ko‘proq axborot olish uchun kitobdan foydalaning va 
    indeksga qarang.
    2-mashg‘ulot
    Qidiruv tizimiga mamlakatingiz nomini yozing va qanday natijalar chiqishini 
    koʻring.
    Eng yuqoridagi uchta qidirish natijasini tahlil qiling.
    Ulardan birortasi sizga kerakli maʼlumotlarni berdimi?
    3-mashg‘ulot
    Qidiruv tizimiga mamlakatingiz joylashgan qitʼaning nomini kiriting va qanday 
    qidiruv natijalari chiqishini koʻring.
    Bu safargi qidiruv natijalari farq qildimi?
    Javobni taqdim etadigan manbani aniqlash oson bo‘ldimi? 
    Bunda qidiruv natijalarining yaxshiroq roʻyxati hosil bo‘ldimi?
    Ssenariy


    102
    4-mashg‘ulot
    Qidiruv tizimiga “mamlakatingizning [nomi] qayerda?” deb kiriting va qanday 
    qidiruv natijalari chiqishini koʻring.
    Bu safar qidiruv natijalari avvalgisidan farq qiladimi?
    Javobni taqdim etadigan manbani aniqlash oson bo‘ldimi? Foydalanish 
    mumkin boʻlgan boshqa savol oʻylab topa olasizmi?
    Nima deb oʻylaysiz, kalit soʻzlar bilan qidirish osonmi yoki savol bilan?
    5-mashg‘ulot
    Mamlakatingiz iqlimi haqida bilib olish uchun bir nechta kalit soʻzlarni oʻylab 
    toping.
    Kalit soʻzni qidiruv tizimiga yozing va qanday natijalar chiqishini koʻring.
    Eng yuqorida turgan uchta qidiruv natijalarini tahlil qiling.
    Ulardan birortasi sizga iqlim haqida kerakli maʼlumotlarni berdimi?
    6-mashg‘ulot
    Mamlakatingiz iqlimi haqida ma’lumot olishda yordam beradigan savolni 
    oʻylang.
    Savolni qidiruv tizimiga yozing va qanday natijalar chiqishini koʻring.
    Bu safar qidiruv natijalari avvalgisidan farq qildimi?
    Iqlim haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi veb-sahifa axborotlarini ko‘rish 
    osonmi?
    Nima deb oʻylaysiz, kalit soʻzlar bilan qidirish osonmi yoki savol bilanmi?
    7-mashg‘ulot
    Mamlakatingiz hududining o‘lchami va shakli hamda uning aholisi soni haqida 
    axborot olish uchun oʻzlashtirgan koʻnikmalaringizdan foydalaning. Keyin esa 
    oʻzingiz o‘rganadigan beshta faktni oʻylang.
    Ishonchli manba bo‘la oladigan qidiruv natijasini aniqlay olasizmi?
    Manbaning ishonchli yoki ishonchsizligini aniqlashga yordam beradigan yana 
    biror dalil keltira olasizmi?
    8-mashg‘ulot
    Tanlagan mamlakatingiz haqida maʼlumotni kitobdan qidirish osonmi yoki 
    qidiruv tizimidan? Nega bunday deb oʻylaysiz?



    Download 38,94 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish