112
Qabul qiluvchining manzilini kiritish va xat yuborish
Xat yozganingizda qabul qiluvchining email manzilini kiritishingiz kerak.
2.1mashg‘ulot
Oʻqituvchingizning email manzilini bilishingiz kerak. U o‘z
email manzilini sizga
aytadi yoki koʻrishingiz uchun doskaga yozib
qoʻyadi.
“To” deb yozilgan
maydonni belgilang va bu
joyga oʻqituvchingiznning email manzilini
kiriting.
Ehtiyotkorlik bilan nusxa
oling va quyidagilarga
ishonch hosil qiling:
• toʻgʻri belgilardan, masalan, nuqta (.) va
chiziqchalardan () foydalandingizmi?
• imlo xatolarsiz yozdingizmi?
• @ belgisi qoʻshdingizmi?
2amaliy ko‘nikma
Xat
yozing
va keyinroq
email manzilni
kiriting.
Xatni
adashib ertaroq
yuborsangiz, u
jo‘natilmaydi,
chunki
email
manzili
kiritilmagan.
Ko‘rsatma
113
6
Elektron pochtada ishlashni boshlash
2.2mashg‘ulot
Xatingiz tayyor boʻldi. Endi uni yuborishingiz mumkin.
Send tugmasi yordamida email yuboriladi.
Email
akkauntiga ulansa, xat toʻgʻridantoʻgʻri yuboriladi. Bu
onlayn yuborish
hisoblanadi.
Ayrim vaqtlarda xatlarni internetga ulanmasdan yozishingiz mumkin. Bunday
holda xat