118
Mavzu oʻzgarmaydi, lekin u “Re:” bilan boshlanadi.
Xatlarga
javob
yozganingizda
mavzu satriga
qoʻshilgan “Re”
soʻzi
lotin tilidan
kirib kelgan.
Bu “aloqasi
bor” maʼnosini
anglatadi.
Bilasizmi?
Elektron xatlar papkalaridan foydalanish
Papka – ma’lum turdagi xabarlarni saqlashingiz mumkin bo‘lgan joy.
Sizda turli xil papkalar boʻlishi mumkin. Har bir papkaning takrorlanmaydigan
nomi boʻladi.
Email akkauntingiz allaqachon ayrim papkalar bilan sozlangan boʻlishi
mumkin. Ayrim email provayderlari
turli nomlardan foydalanishi, ayrimlarida
esa bu papkalarning barchasi boʻlmasligi mumkin.
5amaliy ko‘nikma
Papka
Foydalanish ko‘lami
Inbox
Sizga yuborilgan yangi xatlar joylashgan joy.
Bu yerga siz oʻqigan, lekin boshqa papkaga koʻchirilmagan
xatlar ham joylanadi.
Outbox
Xatni
tayyorlab,
Send tugmasi ustiga bossangiz,
bu xat
Outbox papkasiga joylanadi.
Provayderingiz xatlarni yuborgandan keyin ular Outbox
papkasidan yoʻqoladi.
Papka: maxsus
xabarlar
saqlanadigan joy.
Kalit soʻz
119
6
Elektron pochtada
ishlashni boshlash
5.1mashg‘ulot
Email akkauntingizdagi har bir papka ustiga bosing. Ularning ichida birorta xat
bormi?
5.2mashg‘ulot
Yangi xat yozishni boshlang. Drafts papkasiga qarang – nimadir oʻzgardimi?
Xatingiz qoralama sifatida saqlanganmi?
Papka
Foydalanish ko‘lami
Sent Mail
Yuborgan xatlaringiz shu papkada saqlanadi.
Drafts
Xatni
yozishni boshlasangiz, u qoralamalarga saqlanadi.
Yozayotgan xatingizni tasodifan oʻchirib yuborganingizda uni
tiklash uchun kerak boʻladi.
Xatni yozishni boshlasangiz,
lekin keyinroq tugatishni
istasangiz, uni qoralama sifatida saqlashingiz mumkin.
Bin/Trash
Keraksiz xatlarni oʻchirishingiz mumkin. Ular Trash papkasiga
koʻchiriladi.
Papkadan oʻchirmasangiz, ular shu yerda turaveradi.
Bu yerdan oʻchirilsa, ularni qaytara olmaysiz.