122
Email xabariga matningizni qoʻshing.
Yangi
cc maydonini tanlang.
cc maydoniga qabul qiluvchining email manzilini kiriting (yoki
manzillar
kitobidan foydalaning).
Agar yangi insonga elektron pochta xabarini uzatayotgan bo‘lsangiz, sizga
emailni yuborgan odamni
cc maydoniga qo‘shish odobdan bo‘ladi.
Shunda u
boshqa odamlar ham u yuborgan email xatini koʻrganini bilib oladi.
123
6
Elektron pochtada ishlashni boshlash
Xobbilaringiz haqida xat yozing
Oʻqituvchingiz sevimli xobbingiz va maktabdan
tashqarida vaqtlarda nima
bilan shug‘ullanishni yoqtishingizni bilmoqchi.
1mashg‘ulot
Oʻqituvchingizga yangi elektron xat yuboring.
Xobbingiz (masalan, oʻqish yoki sport oʻyinlarini oʻynash) haqida unga xabar
yozing.
Oʻqituvchingizga kasbiga
oid biror savol yuboring, masalan, “Qaysi mavzularni
oʻqitishni yoqtirasiz?”
Xatni yuborishdan avval quyidagilarni tekshiring:
1 xatga mos mavzu qo‘yilganligi;
2 email xabaringizning boshi va oxirida mos
salomlashish va xayrlashish
so‘zlarining mavjud ekanligi;
3 imlo va grammatik xatolarning yo‘qligi;
4 oʻqituvchingizning email manzilini xatosiz kiritganingiz (yoki manzillar
kitobidan foydalaning);
2mashg‘ulot
Oʻqituvchigiz email xabaringizga javob yozadi.