128
O‘ylab ko‘ring
Quyidagilar haqida fikr yuriting:
Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
1 Elektron pochtadan foydalanayotganda xavfsizlikni ta’minlash
muhimligi
bo‘yicha uchta sabab ayta olasizmi?
2 Elektron pochtadan foydalanayotganda xavfsizlikni ta’minlash
uchun amal
qilishingiz lozim boʻlgan uchta qoidani ayta olasizmi?
3 Elektron pochta insonlarning birbirilari bilan muloqot
qilishlarini qanchalik
darajada oʻzgartirdi?
129
Glossariy
Glossariy
Algoritm
ing
Algorithm
biror vazifani bajarish uchun zarur boʻlgan
koʻrsatmalar ketma-ketligi.
Dastur, Amaliy dastur
ing
Application
ma’lum bir maqsad uchun moʻljallangan dastur.
Oʻqlar
ing
Axes
diagrammadagi gorizontal va vertikal chiziqlar.
Gistogramma/ustunli diagramma
ing
Bar chart/graph
elementlar sonini koʻrsatuvchi
vertikal chiziqli
diagramma.
BMP (rasm fayl formati)
ing
BMP (image file extension)
Bitmap fayl; Windows
kompyuterlarida keng
tarqalgan rasm formati.