126
Yodda tuting: barcha oʻzgarishlar mos bo‘lishi kerak.
Agar siz rasmiy email yozayotgan boʻlsangiz, juda
katta yoki juda kichkina
bo‘lmagan, bezaklari kam va qora rangdagi oddiy shriftdan foydalaning.
Muhim fikrlarni
ajratib yozish uchun qalin, tagiga chizish
va qiya qilib yozishdan
foydalaniladi.
Yakuniy loyiha – “Guruhda hikoya yozish”
Siz ikkita doʻstingiz bilan email orqali turli xil hikoyalar
yozish uchun birga
ishlamoqchisiz.
Doʻstlaringizning email manzillari manzillar kitobida borligiga ishonch hosil qiling.
Buni bajarishda oʻqituvchiningiz sizga yordam beradi.
1mashg‘ulot
1 Yangi email xabari yozing.
2 Hikoyaning dastlabki ikkita gapini kiriting.
3 Hikoyangizga nom bering va uni shu mavzu satrida yozing.
4 Doʻstlaringizdan birining manzilini qoʻshing.
5 Oʻqituvchingizni “cc” sifatida qoʻshing.
6 Xatni yuboring.
127
6
Elektron pochtada
ishlashni boshlash
2mashg‘ulot
1 Yangi xat kelganini bilish uchun email pochtangni tekshiring.
2 Doʻstingizdan hikoyaning boshidagi ikkita gap yozilgan
matnli xatni qabul qiling,
uni oching va oʻqing.
3 Email xabarga javob qaytaring.
4 Hikoyaning keyingi qismi uchun yangi gap(lar) yozing.
5 Oʻqituvchingizni “cc” sifatida qoʻshing.
6 Xatni yuboring.
3mashg‘ulot
1 Yangi xat kelganini bilish uchun email pochtangizni tekshiring.
2 Doʻstingizdan
javob kelsa, uni oching va oʻqing.
3 Bu safar xatni boshqa do‘stingizga uzating.
4 Hikoyaning keyingi qismi uchun yangi gap(lar) yozing.
5 Boshqa doʻstingizning email manzilini qoʻshing.