111
6
Elektron pochtada
ishlashni boshlash
Rasmda yangi xabardagi matn koʻrsatilgan.
Xatingiz qabul qiluvchi inson uchun mos va tushunarli boʻlishiga ishonch hosil
qiling.
Xat tegishli ravishda boshlanishi va tugashi lozim. Bu xat yozish
etiketi
hisoblanadi.
Shuningdek, salomlashish va xayrlashish qismi ham xat yozish
madaniyati talablariga javob berishi kerak. Ayrim qoidalar namunasi quyida
keltirilgan.
• Xatingiz odatdagi xat yozishmalari kabi salomlashish so‘zlari
bilan
boshlanishi (masalan, Hurmatli / Salom) va xayrlashuv so‘zlari bilan
(masalan, Rahmat / Ezgu tilaklar bilan) tugashi lozim.