• oʻzingiz tanlagan bitta boshqa hayvon.
Siz quyidagilarni bilib olishingiz kerak:
• ularning ilmiy nomi;
• qayerda yashashi;
• nima bilan oziqlanishi;
• qancha yashashi;
104 • urg‘ochisi bilan oʻrtacha erkagining vaznlari orasida qanday farq bor;
• ular oʻljalarini qanday aniqlay olishi;
• yilning qaysi vaqtida bolalashi;
• ularning tirik qolishlarini ta’minlovchi faktlar.
1-mashg‘ulot
Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar roʻyxatini oʻrganing va tadqiqot ishingiz
uchun ikkinchi hayvonni tanlang.
2-mashg‘ulot
Ikki xil usuldan foydalanib, oq ayiq haqida topishingiz kerak boʻlgan axborotlarni
qidiring. Avval kalit soʻzdan, so‘ng savolga asoslangan qidiruvlardan
foydalanishingiz mumkin.
3-mashg‘ulot
Yangi hujjatni oching va oq ayiqlar haqida to‘plagan axborotlaringizni kiriting.
Izlanishlar vaqtida ayrim axborotlarni yozib olishni xohlashingiz mumkin.
4-mashg‘ulot
Hujjatni mos keladigan fayl nomi bilan saqlang.
5-mashg‘ulot
Ikkinchi tanlagan hayvoningiz uchun topishingiz kerak boʻlgan axborotlarni
oʻrganing.
6-mashg‘ulot
Hujjatga tanlagan hayvoningiz haqida axborot yozing. Hujjatni yana saqlang.
7-mashg‘ulot
Oq ayiq va tanlagan hayvoningizning mos rasmlarini qidiring. Har bir rasmni
saqlang.
8-mashg‘ulot
Oq ayiq va tanlagan hayvonigiz rasmlarini loyiha ishingizning kerakli qismiga
joylang.
Tadqiqot
davomida
ochilgan veb-
saytlar roʻyxatini
saqlab boring.
Ko’rsatma
105 5 Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
O‘ylab ko‘ring Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.