40
13-amaliy koʻnikma
Dasturni testlash
Dasturni yaratganda ishlashini isbotlash uchun uni sinash lozim.
Dastur quyidagilar orqali sinalishi kerak:
•
Normal maʼlumotlar:
siz kiritmoqchi boʻlgan va ruxsat etilgan maʼlumotlar.
•
Keskin maʼlumotlar:
ruxsat etilgan, biroq cheklovli ruxsat berilgan maʼlumotlar.
•
Xato maʼlumotlar:
yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan yaroqsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar.
Masalan, sizda yoshingizni kiritishni soʻraydigan dastur mavjud:
Test maʼlumoti
Test maʼlumot turi
15
Normal
100
Keskin
2222
Xato
Barcha dasturlar ham uch turdagi maʼlumotlar boʻyicha sinalmasligi mumkin. Masalan, agar
dastur
faqatgina yuqoriga, pastga, chapga va oʻngga
tugmalarini bosganda ishlasa,
hech qanday
keskin sinovlarni (testlash) oʻtkaza olmaysiz.
Sujetli oʻyinda foydalanuvchi oʻyinni davom ettirishi uchun toʻgʻri yechishi zarur boʻlgan
qator
matematik savollar mavjud. Bu oʻyinni faqat 10-16 yoshdagilar oʻynashi mumkin. Chunki oʻyinchi
boshlash uchun yoshini kiritishi talab qilinadi. Boshqotirmalardan birida
sandiqni ochish uchun
oʻyinchidan 15*4 ning javobini aniqlash va kiritish talab qilinadi.
Quyida shu oʻyin uchun test jadvali: