• Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
  • III. Yangi mavzuni tushuntirish




    Download 294,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana14.01.2024
    Hajmi294,57 Kb.
    #137044
    1   2   3
    Bog'liq
    Tinish belgilarini amaliy o\'rgatish usullari

    III. Yangi mavzuni tushuntirish 

     
    Tinish 
    belgilari - 
    muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, 
    ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran 
    boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun 
    xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar 
    tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi 
    belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) 
    maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga 
    xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va 
    qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular 
    yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til 
    birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy 
    munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega 
    boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy 
    vazifasi 
    nutqning 
    mazmuniy 
    boʻlinishini 
    koʻrsatish, 
    shuningdek, 
    uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. 


     
    166-mashq. Ertakka sarlavha qo’ying. 
     
    Chumoli bug’doyni iniga olib ketayotgan edi. Chumchuq pirillab uning 
    yoniga tushdi va dedi: 
    - Cumoli, bug’doyni menga ber. 
    Chumoli dedi: 
    - Qanoting bor, ko’zing bor. O’zing topib ye. 
     
     
    Dam olish daqiqasi 
     
    IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 
    Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish 
    belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini 
    bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, 
    nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi 
    (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini 
    koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi 
    sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari 
    — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan 
    va bogʻlovchisiz qoʻshma 
    gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan 
    boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga 
    koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov 
    belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari 
    ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari 
    tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, 
    nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli 
    (surok va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp 
    nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga 
    koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish 


    belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish 
    belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish 
    belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta). 

    Download 294,57 Kb.
    1   2   3




    Download 294,57 Kb.
    Pdf ko'rish