|
Oquv yili Sana: 26. 11. 2014 Fan: Ona tili Sinf: 8-sinf Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari Dars maqsadi
|
bet | 1/5 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 12,49 Mb. | | #127233 |
Bog'liq Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
Buxoro shahar
35-orta umumtalim maktabi
ona tili va adabiyot fani oqituvchisi
Jorayeva Dilafroz Raimovnaning
Dars ishlanmasi
Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga kora
turlari
Buxoro
2014-2015-oquv yili
Sana: 26. 11. 2014 Fan: Ona tili
Sinf: 8-sinf
Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari
Dars maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarning gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari yuzasidan 5-sinfda olgan bilimlarini yangi tushunchalar asosida boyitish;
b) tarbiyaviy maqsad: yosh avlodni ona tilimizga hurmat, o`zaro mehr-oqibat, ahillik, vatanparvarlik va axloq- odob ruhida tarbiyalash, ona tabiatimizga bo`lgan mehr tuyg`usini shakllantirish;
s) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yozma va og`zaki nutq samaradorligini o`stirish.
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars metodi: suhbat, savol- javob, musobaqa , ta`limiy o`yin
Dars jihozi: mavzuga oid slaydlar, ko`gazmalar, matn tasviri, kompyuter, maqol va topishmoqlar to`plami
Dars shiori: Harakat qil bilganga ko`ra,
Bilmaganing bilgandan so`ra.
Abdurahmon Jomiy
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Fikrni og`zaki va yozma bayon qilish, Darak so`roq, buyruq va istak mazmunidagi gaplarni qatnashtirib, matn tuzish , og`zaki nutqda to`g`ri qo`llash;
Darsga qo`yiladigan talablar:
o`zaro hurmat,
fikrni erkin va ravon ifodalash;
o`zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
adabiy til me`yorlari asosida gapirish.
Darsda kutiladigan natija:
faollik;
ijodkorlik;
erkin fikr bildira olish;
kerakli xulosa chiqara olish;
insonni tushunish va uni hurmat qilish.
|
| |