36
paketlarga bo‗linadi va bir - biriga bog‗liq bo‗lmagan holda uzatiladi.
Shuning
uchun paketlar uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishida bir necha yo‗llardan
uzatilishi mumkin.
Kanallar kommutatsiyasidan farqi ―saqla va uzat‖ uslubi bilan ishlaydi.
Ma‘lumotlarni uzatishni davom ettirishdan avval uzatilgan paketlarni saqlab oladi.
Bu usulda paketlarni uzatish bir qator yutuqlarga olib keladi, tarmoq resurslaridan
oqilona
foydalanish, paketlarni kechikmasligi (aloqa seansini o‗rnatish
bilan
bog‗liq), biroq paketlarni tarmoq taklif etayotgan turli yo‗llar orqali marshrutlash
uchun ma‘lum vaqt talab qilinadi.
Paketlar kommutatsiyasida uzatish vaqtida resurslardan
faydalanish uchun
raqobat vujudga keladi. O‗z navbatida bu tirbandlikni hosil qiladi. Bunday vaqtda
paketlar tarmoqda uzatilishi uchun o‗z navbatini kutadi (2.3 – rasm).
2.3 – rasm. Paketlarni tarmoqda har xil yo‗llar
orqali uzatilishi
37
Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi.
Paketli
kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‗lib,
unda paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‗lganda,
paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi.