42
2.11 – rasm. MAC manzilini yozilishi
Qo‗shimcha 4 bayt QoS va VLAN texnologiyalarini qo‗llash imkoniyatini
beradi
VLAN tarmog‗i LANning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy
keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni kichik
tarmoqlarga bo‗lish mumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. Bitta
VLAN tarmog‗idagi qurilma keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN
doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu
kadrni qabul qilmaydi.
Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN
tarmog‗i kirish va xavfsizlikni ta‘minlash siyosatini amalga oshiradi.
Xavfsizlik
: muhim ma‘lumotlarga ega bo‗lgan guruhlarni tarmoqning boshqa
qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborot mahfiyligini buzilish extimolligini
kamaytiradi;