D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana20.05.2024
Hajmi3,37 Mb.
#244791
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Tarmoq

Frame Relay texnologiyasi
O‗zining taqibchisi bo‗lgan X.25 bilan solishtirilganda Frame Relay (FR) 
ishlab chiqarish bo‗yicha samaraliroqdir. X.25 texnologiyasini yaratish va global 
tarmoqqa kirish kamroq ishonchli bo‗lgan analog texnologiyaga asoslangandi. 
Shuning uchun paketlar qabul qiluvchiga xatosiz va to‗liq etib borishi uchun X.25 
texnologiyasi yuboruvchi bilan qabul qiluvchi orasidagi qurilmadan paket 
butunligi va ushlangan xatoni to‗g‗rilash to‗g‗risidagi xabarni tasdiqlanishini 
so‗raydi. Oraliqdagi saqlanish paketni uzatishni sekinlashtiradi, ya‘ni unda har bir 
qurilmadan kelgan paket dagi FCS ni tekshirib, undan so‗ng uni keyingisiga 
yuboradi. Past sifatli tarmoq kanalida ma‘lumotni uzatishda qurilmada ushlanib 
qolish (kechikish) tufayli, doimiy bo‗lmagan tartibsiz xolat yuzaga keladi. Shuning 
uchun X.25 tarmog‗idan sifatli bo‗lgan sezgir trafikni (masalan, raqamlashtirilgan 
so‗zlashuv) uzatib bo‗lmaydi.
Keyinchalik yuqori sifatli raqamli kanallar paydo bo‗lgandan so‗ng, bunday 
tekshirish ortiqcha bo‗lib qoldi. Shuning uchun FR kommutatorlari teshikli 
kommutatsiya texnologiyasidan foydalanadi, ya‘ni manzil axborotini o‗qib 
bo‗lgandan keyin darhol navbatdagi tranzit qurilmaga uzatib yuboradi. Bu esa hech 
qancha vaqtni olmaydi. Agar qandaydir xato yuzaga kelsa, FR kommutatorlari 
kadrni xatoli qismini olib tashlaydi. Xatoni to‗g‗rilash funksiyasi yuqori pog‗onali 
protokolga yuklatiladi (masalan TCP yoki SPX). Bu xolat kadr hisob kitobi va 
qayta ishlanishiga ketadigan xarajatni kamaytirib, uning o‗tkazuvchanlik 
qobiliyatini oshiradi.
FR texnologiyasi oqimni boshqarishda o‗zining maxsus boshqarish 
mexanizmiga ega bo‗lib, turli xildagi trafikni moslashuvchan multipleksorlanishini 
ta‘minlaydi.
Oqimni boshqarish - bu paketlarni kommutatorga uzatayotganda tezlikni 
boshqarish jarayonidir. Agar qabul qiluvchi kommutator qandaydir paketni qabul 


45 
qila olmasa (o‗ta yuklanish tufayli), berilgan protokol yordamida 
marshrutizatordan ma‘lumot uzatishni to‗xtatsa bo‗ladi va yuksizlanish 
kamaygandan so‗ng, ishni davom ettirishi mumkin bo‗ladi. Bu jarayon qabul 
qiluvchi kommutatorga kadrni tashlab yubormaslikni kafolatlaydi. FR bu 
protokolni to‗liq qo‗llab quvvatlay olmaydi, kadrni qabul qilishda FR 
kommutatorida buferlar soni yetishmasa u DTE bayroq bilan o‗rnatilgan kadrni 
tashlab yuborishga imkon beradi.
Marshrutizator ma‘lumotlarni qayta tiklashi mumkin, lekin bu kanalda katta 
tiqilib qolishga, kechikishga olib kelish ehtimoli bor.
Bu muammoni hal qilish yuqori pog‗onali hisoblanuvchi TCP/IP ga xos 
bo‗lib, boshqarish mexanizmi qaysidir qismini quvvatlab turadi. FECN va BECN 
bitlarini ishlatganda to‗g‗ri va teskari yo‗nalishda o‗ta yuklanishini xabar beruvchi 
bayroqlari bo‗ladi. 
Axborot bitlari FECN va BECN kadr trafikka tiqilib qolgan zahoti shu 
kadrga joylashtiriladi. FR interfeys marshrutizatorlari bu bitlar miqdorini shifrlashi 
mumkin. Masalan TCP/IP ga mos yuqori turuvchi protokol bazasida oqimlarni 
boshqarishni faollashtirishi mumkin.
Shuni bildirib o‗tish joizki, bu mexanizm tarmoqni tartibli o‗tkazish 
qobiliyatiga to‗g‗ri kelmaydi va FR qo‗llab quvvatlashi tufayli kelishuvsiz axborot 
uzatish tezligiga moslashib ketadi.
Committed Information Rate - CIR (CIR) - minimal o‗tkazish qobiliyati har 
bir PVC yoki SVC ga kafolatlangan. Minimal o‗tkazish qobiliyati (soniyaiga bit 
bilan o‗lchanadi) tarmoq FR mijozi tomonidan tarmoq orqali yubormoqchi bo‗lgan 
ma‘lumotlar hajmiga qarab tanlanadi va u tarmoq FR operatori yoki administratori 
tomonidan kafolatlanadi. Bu vaqtda tezlik 16 kbit/s dan 44,8 mbit/s gacha o‗zgarib 
turishi mumkin. Agar paket jo‗natmalari mijozga yoqilgan port tizimiga ta‘sir 
qilmasa va FR tarmog‗i o‗tkazuvchanlik qobiliyati ma‘lum vaqtda bo‗sh resursga 
ega bo‗lsa, u holda mijoz kelishilgan miqdor CIR ni qabul qilib qo‗yishi mumkin. 
Vaqt bo‗yicha tezlikni o‗rtachalashtirish bu yerda kerakli vazifani bajaradi. 
Misol uchun, ulanish liniyasi orqali o‗tkazish oralig‗i 64 kbit/s ga teng bo‗lgan 


46 
foydalanuvchi 32 kbit/s ga teng bo‗lgan CIR virtual bog‗lanishni topmoqchi. Bu 
degani birinchi yarim soniyada 32 kbit/s qabul qilib, kommutator keyingi yarim 
soniyada kelgan o‗ng tarafdagi qolgan bitlarni rad etadi. Shuning uchun 
uzatiladigan axborotga impulsli moslashtirish tushunchasi kiritiladi (Committed 
Burst Size-Bc) - ma‘lumotning maksimal hajmi, ya‘ni tarmoq T
s
vaqti oralig‗ida 
uzatishga «majbur» bo‗ladi.
FR texnologiyasi sezgir ma‘lumot uzatishda trafikning kechikishi tufayli 
kanal oralig‗ini zahiralash mexanizmini qo‗llaydi, ya‘ni kanalni vaqt bo‗yicha 
zahiralashda ishlatiladi.
Oddiy ma‘lumotlarda multipleksorlash ishlatiladi. Bir qator boshqa 
mexanizmlar majmuasi nutq paketlarini bir - xil tezlikda uzatishni ta‘minlaydi.
Zamonaviy FR nutqni taxminan (10-15 marta) zichlashtirish uchun maxsus 
algoritmni amalga oshiradi, ya‘ni ko‗proq kadr uzatishni qo‗llashga imkon 
yaratadi.
Mexanizmlardan biri talaffuzni yo‗qotish hisoblanadi. Odatda telefonda 
so‗zlashayotganlar galma - galdan gapiradilar. Oddiy telefon orqali 
so‗zlashayotganda «jim» turgan tarafda maxsus shovqin signali uzatiladi. Undan 
tashqari, gapning va har bir so‗zning orasida tanaffus bo‗ladi. Statistika bo‗yicha 
telefon orqali gaplashayotganda gapni 60% jim turishni uzatishga ketadi. Kanal 
oralig‗ida kerakli signaldan tashqari hamma qismini ma‘lumot uzatishga ishlatsa 
bo‗ladi. Qabul qilishda foydalanuvchida «o‗lik» liniya taassurotini uyg‗otmaslik 
uchun shu vaqtning o‗zida «pushti» shovqin ishlab chiqariladi.
Yana bir ahamiyatli mexanizmlardan biri «raqamlashning o‗zgarish tezligi» 
hisoblanadi, ya‘ni ovoz uzatish minimal qabul qilish sifatini bildiruvchi «kam 
tezlikdagi (baza) raqamlash» topiladi va «bazali» kadrlar oqimi vujudga keladi. 
Kanaldagi bo‗sh oraliqlarni esa ovoz sifatini yaxshilovchi qo‗shimcha paketlar 
tashkil etadi. Bu turdagi telefon trafigini qayta ishlash algoritmi FR tomonidan 
oson bajariladi.
Ma‘lumotlarni uzatish uchun magistral tarmoqda FR mexanizmi bo‗lsa, 
abonent tarafda qo‗shimcha protokol ishlatiladi.


47 
FR texnologiyasining asosiy kamchiligi shundan kelib chiqadiki, FR kanal 
pog‗onasi protokoli hisoblanadi. FR yuqori turuvchi protokollarni «ajrata 
olmaydi». Shu sababli ko‗p muammolar kelib chiqadi. Bu trafikni bir - biridan 
ajratishning yagona yo‗li har biriga o‗zining virtual bog‗lanishini ta‘minlash kerak 
yoki ikkinchi virtual ulanish uchun qo‗shimcha xarakat talab qilinadi. Muammolar 
doirasi IP-multikasting deyiladi:
-
zichlab uzatilgan signallar yuklamasi tarmoqlarda yo‗qolishi mumkin; 
-
ovozli qayta uzatish kadri uchun standart to‗lov xizmati
bo‗lmaganligi; 
-
ovozli qayta tarqatilish kadri paketli kommutatsiya tarmog‗ida
ushlanishlarga, signallarni buzilishlariga va sifatini pasayishiga olib keladi. 
FR texnologiyasi quyidagilarni talab qiladi:
-
ohirgi qurilma yuqori pog‗onali intellektual protokol bilan
ta‘minlangan bo‗lishi kerak;
-
aloqa kanali virtual va xatolardan xoli bo‗lmog‗i kerak; 
-
tadbiq etilgan jihozlar turli - xil uzatishga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak.
Bu texnologiya nafaqat lokal tarmoqlarda va xududiy tarmoqni trafik bilan 
boshqarishga, balki sezgir trafikni, ya‘ni ovozni uzatishga moslashadi.
FR tarmoq qurilmasi va foydalanuvchi qurilmasi yordamida interfeys orqali 
ma‘lumotlarni paketli kommutatsiya ko‗rinishida uzatish imkonini beradi. Interfeys 
vazifasini bajaruvchi tarmoq FR ma‘lumot uzatish va tashish uchun ishlatilishi 
mumkin yoki biror bir korxona uchun xizmat qilishi mumkin.
Tarmoq interfeysi nuqtai nazaridan FR ham X.25 protokoli qatoridan 
hisoblanadi. Biroq FR texnologiyasi X.25 ga nisbatan funksional imkoniyatlari va 
formati (hajmi) bo‗yicha farq qiladi. FR asosan liniyadagi katta ma‘lumotlar oqimi 
uchun mo‗ljallangan bo‗lib, yuqori ko‗rsatkichni va foydani ta‘minlaydi (2.11-
rasm).
FR tarmog‗i orqali uzatish uchun ma‘lumotlar kadrga segmentatsiya qilinadi. 
Bir va bir nechta bir baytli bayroqlar kadrning bo‗linishiga xizmat qiladi. Kadr har 
xil uzunlikda bo‗lishi mumkin. Kadrning maksimal uzunligi 1600 oktet.


48 
2.11 – rasm. FR kadr formati 
Bayroqlar (flags) ma‘lumotlar bloki boshi va ohirini cheklab turadi. 
Boshidagi bayroqdan ikkita bayt axborot manziliga (address) keladi - sarlovha.
FCS - ikki baytli kadrni nazorat yig‗indisi (Fame control sum).
FR kadrini tashkil etuvchilariga ta‘rif beramiz.
o
DLCI - ulanish identifikatori;
o
C/R - maydonning amaliy qismi, FR protokolidan foydalanmay, tarmoq
orqali ochiq uzatiladi;
o
EA - manzilning 2, 3 yoki 4 bitli maydonini bildiradi;
o
FECN - qurilmada tiqilib qolishlar to‗g‗risida axborot beradi;
o
BECN – manba qurilmasida tiqilib qolishlar to‗g‗risida axborot beradi;
o
DE - kadrni identifikatsiya qiladi, ya‘ni tiqilib qolgan vaqtda tashlab
yuborilgan bo‗lsa.
Xususiy tarmoqni oddiy usulda amalga oshirish axborot qurilmasi uchun FR 
interfeysiga an‘anaviy T1 multipleksorlarini qo‗shish hisoblanadi. Undan tashqari 
boshqa ovoz uzatish va video-telekonferensiyalarni o‗tkazish kabi biriktirilgan 
vazifalarni bajaruvchi interfeyslarga (FR maxsuslashtirilgan interfeyslarni emas) 
ham o‗rnatiladi.
Umumiy 
ulanishdagi 
FR 
tarmog‗iga 
xizmat 
qilinayotganda 
telekommunikatsiya liniyasining markaziy ofisida (MO) joylashgan FR 


49 
kommutatsiya qurulmasi orqali yo‗naltiriladi.
Tarmoq qurulmasiga ulanuvchi foydalanuvchi qurilmasi axborot uzatish 
tezligi keng diapozondan tanlangan tezlikda ishlashi mumkin. 36 kbit/s dan 2 
mbit/s diapozonidagi tezlik hisoblanadi.
Agar umumiy ulanish va xususiy tarmoqlarda FR protokoli ishlatilsa, har bir 
foydalanuvchiga FR interfeysini qo‗yish zaruriy shart hisoblanmaydi. Hozirgi 
kunda FR tarmog‗i ichidagi ulanishlararo qurilmalarning standartlari yo‗q. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari

Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish