57
3.
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TARMOQ POG‘ONASI
PROTOKOLLARI
3.1.
Tarmoq pog‗onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillash
Tarmoq pog‗onasi quyidagilarni ta‘minlaydi:
-
foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;
-
marshrutizatsiyalashga bog‗liq bo‗lmagan transport tarmoq pog‗onasi
uchun axborotlarni uzatishni ta‘minlovchi tarmoq ulanishlarini o‗rnatish;
-
faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;
-
ma‘lumot oqimlarini boshqarilishini ta‘minlash;
-
paketlar jo‗natilishi ketma – ketligini tartibga solish;
-
shoshilinch ma‘lumot uzatilishini ta‘minlash;
-
xatolarni topish va tuzatilishini ta‘minlash.
Tarmoq pog‗onasining ma‘lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan.
Tarmoq pog‗onasida 2 xil protokol ishlaydi.
1.
Tarmoq protokollari
– tarmoq orqali paketlarni xarakatini yo‗lga
qo‗yadi;
2.
Marshrutlash