Ma’lumotlar bazasi
Jadval
Tavsifi
Qo‗shnilar bo‗yicha
ma‘lumotlar bazasi
Qo‗shni qurilmalar
jadvali
-
2 tomonlama ma‘lumot
almashish o‗rnatilgan barcha
qo‗shni marshrutizatorlar
ro‗yxati;
-
har bir marshrutizator
uchun alohida jadval mavjud;
-
jadvalni
show ip ospf
neighbor
buyrug‗i yordamida
ko‗rish mumkin.
Kanalni xolati bo‗yicha
ma‘lumotlar bazasi
Topologiya jadvali
-tarmoqdagi barcha
marshrutizatorlar to‗g‗risida
ma‘lumotlarni yig‗adi;
-bu ma‘lumotlar bazasi
tarmoqning topologiyasini
ko‗rsatadi;
- bir maydonda bo‗lgan barcha
marshrutizatorlar bir xil kanalni
xolati bo‗yicha ma‘lumotlar
bazasini ishlatadi;
-jadvalni
show ip ospf database
buyrug‗i yordamida ko‗rish
mumkin.
Jo‗natmalarning
ma‘lumotlar bazasi
Marshrutizatsiya
jadvali
-kanalni xolati bo‗yicha
ma‘lumotlar bazasidagi
algoritmni ishga tushishi orqali
yaratilgan marshrutlar to‗g‗risida
ma‘lumotlarni yig‗adi;
74
3.1 – jadval davomi
-har bir marshrutizator
boshqa
marshrutizatorlarga
paketlarni jo‗natish joyi
va usuli to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarga ega
bo‗lgan marshrutizatsiya
jadvalini ishlatadi;
-bu ma‘lumotlarni
show
ip
route
bo‘yrug‘i
yordamida
ko‗rish
mumkin.
1.
Qo‗shni qurilmalar bilan qo‗shnichilik munosabatlarini o‗rnatish OSPFni
ishlatuvchi marshrutizator ma‘lumotlarni almashish uchun tarmoqdan bir-birini
aniqlashni bajarishi kerak. OSPFni ishlatuvchi marshrutizator OSPF yoqilgan
barcha interfeyslaridan salomlashish paketini ushbu interfeyslar chegarasida
qo‗shni qurilmalarni aniqlash uchun jo‗natadi. Qo‗shni qurilma mavjud bo‗lganda
OSPFni ishlatuvchi marshrutizator u bilan bir xillik munosabatini o‗rnatishga
harakat qiladi.
2.
Kanal xolati to‗g‗risida xabarlarni almashish. Bir xillik munosabati
o‗rnatilgandan keyin marshrutizatorlar kanal xolati to‗g‗risidagi (LSA) xabarlarni
almashadi. LSA har bir to‗g‗ridan - to‗g‗ri ulangan kanalning xolati va narhi
to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega. Marshrutizatorlar o‗zining LSA xabarlarini qo‗shni
qurilmalarga jo‗natadi. Qo‗shni qurilmalar LSA xabarlarini olishi bilan o‗zining
LSA xabarini to‗g‗ridan to‗g‗ri ulangan qo‗shnilarga jo‗natadi va bu jarayon bir
maydondagi barcha marshrutizatorlar barcha LSA xabarlarni qabul qilib olguncha
davom etadi.
75
3.
Topologiya jadvalini yaratish. OSPFni ishlatuvchi marshurtizatorlar
kanal xolati to‗g‗risidagi xabarni olgandan keyin qabul qilingan paketlar asosida
topologiya to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasini yaratadi. Bu ma‘lumotlar bazasida
ohir oqibat tarmoqning topologiyasi to‗g‗risida barcha axborotlar yig‗iladi.
4.
SPF qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarilishi. Shundan keyin
marshrutizatorlar qisqa yo‗lni izlash algoritmini bajarishga tushishadi.
Katta samaradorlikni va masshtablikni ta‘minlash uchun OSPF protokoli
maydonlarga bo‗lingan ierarxik marshrutizatsiyani quvvatlaydi. OSPF maydoni
kanal xolati bo‗yicha tuzilgan ma‘lumotlar bazasidagi kanal xolati to‗g‗risidagi bir
xil ma‘lumotlarni ishlatuvchi marshrutizatorlar guruhidan iborat.
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin:
-
bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi
bitta maydonda joylashgan (0 maydon).
-
bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli ierarxik tartibda bir
nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0
maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi
marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi (AVR).
OSPFda bir nechta maydonlar uchun ierarxik marshrutizatsiyani ta‘minlash
maqsadida bitta katta avtanom tizimi (AT)ni bir nechta kichik maydonlarga bo‗lish
mumkin.
Ierarxik
marshrutizatsiyani
ishlatishda
maydonlar
o‗rtasida
(maydonlararo marshrutizatsiya) marshrutizatsiya bajariladi. Protsessorning
resurslari (M: ma‘lumotlar bazasi takroriy hisoblash)ni talab qiluvchi
marshrutizatsiya jarayonlarining ko‗pchiligi bitta maydon doirasida bajariladi.
Har doim marshrutizator bitta maydon doirasida topologiyada o‗zgarish
to‗g‗risida yangi ma‘lumotni qabul qilsa, marshrutizator qisqa yo‗lni izlash
algoritmini bajarishi, yangi SPF qisqa yo‗l daraxtini yaratishi va marshrutizatsiya
jadvalini yangilashi kerak. Qisqa yo‗lni izlash algoritmi mikroprotsessorning katta
hajmdagi resursni talab qiladi, ya‘ni resurs bu hisoblashga ketadigan vaqt
maydonini o‗lchamiga bog‗liq bo‗ladi.
Izoh: topologiyaning o‗zgarishi boshqa maydondagi marshrutizatorlar
76
o‗rtasida masofa vektor formatida qayta taqsimlanadi. Boshqacha aytganda bu
marshrutizatorlar faqat marshrutizatsiya jadvalini yangilaydi va qaytadan qisqa
yo‗lni izlash algoritmini bajarmasligi kerak.
Bitta maydondan juda ko‗p marshrutizatorlar bo‗lsa kanal xolati
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasi juda katta hajmga ega bo‗ladi va
mikroprotsessorning yuklanishi ortadi. Shuning uchun mashrutizatorlarni
maydonlarga taqsimlashdan katta ma‘lumotlar bazasini kichik ma‘lumotlar
bazasiga samarali taqsimlash kerak. Bunda samarali boshqarish imkoniyatini
ta‘minlashga e‘tibor qilish lozim.
3.3. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli
Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch
kelgan xatolar to‗g‗risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki,
ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‗g‗risida xabar
beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir
xabari tarmoq bo‗ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz
marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‗qolishi mumkin. Bundan tashqari,
yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‗shimcha yuklanishini keltirib
chiqarishi mumkin. Xatolar to‗g‗risida juda ko‗p xabarlar keltirib chiqarmasligi
uchun xatolar to‗g‗risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‗qolishi,
ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak.
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud (3.2 - jadval). Xabarning har bir
turi o‗z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi:
xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli
to‗la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi,
nazorat yig‗indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP
xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti
ma‘lumotlarga ega. Bu qurilma-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi
uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki – qo‗shma pog‗onasidagi hamma protokollar
77
o‗z xabarlarining birinchi 64 bitini taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar.
Maydon turi quyidagi belgilanishga ega (3.2 – jadval):
3.2 – jadval.
Maydon turi
Belgilanishi
Xabarlar turi
0
Aks-sado-javob (Echo Replay)
3
Yetib bo‗lmaydigan belgilangan qurilma
(Destination Unreachable )
4
Manbani yo‗qotish (Source Quench)
5
Yo‗nalishni o‗zgartirish (Redirect)
8
Aks-so‗rov (Echo Request)
11
Deytagramma vaqtining tugashi
(Time Exceeded for a Datagram)
12
Paket ko‘rsatkichining muammosi.
(Parameter Problem on a datagram )
13
Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request)
14
Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)
17
Manzilni talab qilish (Address Mask Request)
18
Manzil javobi (Address Mask Replay)
Ko‗rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli tor
masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‗lib hisoblanadi.
Xabar turlarini taxlil qilib chiqamiz (3.3-jadval).
|