69
bo‗yicha o‗tgan vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham ishlatiladi.
Qo‗shni marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator o‗zi bevosita
(agar tarmoqlar uning portiga ulangan bo‗lsa) yoki qo‗shni marshrutizatorlarning
o‗xshash elementlaridan bilib olgan unga ma‘lum boshqa tarmoqlar to‗g‗risida
axborotni vektorga qo‗shadi va tarmoq bo‗yicha vektorning yangi mazmunini
jo‗natadi, oxir oqibat har bir marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qo‗shni
marshrutizatorlar orqali ularga bo‗lgan masofa to‗g‗risida axborotni bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari uncha katta bo‗lmagan tarmoqlardagina yaxshi
ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafigi bilan aloqa
liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning
o‗zgarishi har doim ham to‗g‗ri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi
aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali
olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori
protokoliga muvofiq marshrutizator ishi ko‗prik ishini eslatadi, chunki bunday
marshrutizator tarmoqning aniq topologik sur‘atiga ega emas.
Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng ko‗p tarqalgan protokol bo‗lib, RIP
protokoli hisoblanadi.
Aloqa xolatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining
aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan ta‘minlaydi. Hamma
marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini
konfiguratsiyasi o‗zgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogoxlantirishli
jo‗natmalar faqat aloqalar xolatining o‗zgarishidagina ishlatiladi, bunday xolat
ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar xolatini qandayligini
tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator o‗zining yaqin qo‗shnilari
bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik ham keng
ogohlantiruvchi, lekin u qo‗shnilar orasida bo‗lganligi sababli tarmoqni kamroq
sifatsizlantiradi.
TCP/IP stekida aloqalar xolatining algoritmi asosidagi protokol bo‗lib,
OSPF protokoli hisoblanadi.