140
bir shu tugunlarda ma‘lumotlar oqimi uchun resurslarni
zahiralashga harakat
qiladi.
5.18 - rasm. IntServ ning asosiy komponentlari
RSVP – moslashgan marshrutizatorlar kerakli tayinlangan nuqtaga kerakli
ma‘lumotlar oqimini yetkazib berishga yordam beradi. 5.18 - rasmda
RSVP protokolni qo‗llaydigan asosiy modullar, ma‘lumotlar oqimi to‗g‗risidagi
axborot va klient hamda marshrutizatorni oqimlarini boshqarishi to‗g‗risidagi
axborotni tasviri keltirilgan.
Resurslarni zahiralashdan avval, marshrutizatorning RSVP – demoni qarorni
qabul qiluvchi ikkita kanal modullar bilan ulanadi – kira olishni boshqarish moduli
(policy cantrol) va siyosatni boshqarish moduli (policy cantrol).
Kira olishini boshqarish moduli - QoS pog‗onaning so‗rovini ta‘minlash
uchun tugun ozod resurslarga ega ekanligini aniqlaydi.
Siyosatni boshqarish tuguni - foydalanuvchida
zahiralashni olib borishga
xuquq bormi yoki yo‗q ekanligini aniqlaydi. Agar birorta tekshiruvchi o‗tmasa,
RSVP – demon, so‗rovni yaratgan ilovaning jarayoniga xato to‗g‗risida xabarni
jo‗natadi. Agar ikkala tekshiruv ham normal holatda o‗tsa, RSVP – demon
paketlarni tasniflash ko‘rsatkichlarini va kerakli QoS pog‗onasini olish uchun
141
paketlarni rejalashtiruvchini o‗rnatadi. Paketlarni tasniflovchi har bir paket uchun
QoS
sinifini aniqlaydi, paketlarni rejalashtiruvchi esa QoS sinfiga asoslanib
paketlarni uzatishni boshqaradi. Navbatlarda vaznli adolatli navbat algaritmi
(Weighted Fair Queing - WFQ) va ixtiyoriy oldindan aniqlangan og‘irlik algaritmi
(Weighted Random Farly Detection - WRFD) rejalashtirish pog‗onasida QoSni
qo‗llashni ta‘minlaydi. WFQ va WRFD algoritmlarini quyida ko‗rib chiqamiz.
Kira olishni boshqarish moduli tomonidan qarorni
qabul qilish jarayonida
talab etilgan o‗tkazish yo‘lagini zahiralashni faqat shunday holda bo‗ladiki, unda
agar qolgan qismning talab etilgan trafik sinfi uchun yetarli bo‗lsa zahiralanadi,
aks holda kira olishga so‗rov rad etiladi, lekin trafikning shu sinfi uchun jim turishi
bo‗yicha aniqlangan xizmat ko‗rsatish sifati bilan baribir trafik uzatiladi. Ko‗p
hollarda, bitta yoki bir nechta marshrutizatorlarda kira olishga agar so‗rov rad
etilsa ham yuklama ortib ketgan marshrutizatorlarda zahiralashni o‗rnatib, ma‘qul
bo‗lgan xizmat ko‗rsatish sifatini yana modul amalga oshirib boraveradi. Shuning
uchun boshqa ma‘lumotlar oqimi, ular tomonidan buyurtirilgan o‗tkazish
yo‘lagidan to‗liq foydalana olishlari mumkin.
Zahiralash har doim bitta va faqat shu bitta manzilli yo‗l yoki ko‗p manzilli
daraxt bo‗yicha davom ettirilishi kerak. Aloqa liniyasining ishdan chiqish holatida
marshrutizator shu to‗g‗risida RSVP – demonga, u generatsiyalayotgan RSVP –
xabarlar yangi yo‗l bo‗ylab uzatilishi uchun xabar berishi kerak.
Zahiralashni o‗rnatish jarayonini beshta alohida qadamlarga bo‗lishi
mumkin:
1)
Ma‘lumotlarni jo‗natadiganlar RSVP boshqaruv xabarlarini, odatdagi
trafikni ma‘lumotlar bilan jo‗natadigan yo‗l bo‗ylab yuboriladi.
Shu xabarlarda,
jo‗natilgan yoki faqat hozirda jo‗natiladigan ma‘lumotlar ta‘riflanadi.
2)
Har bir RSVP – marshrutizator PATH – xabarlarni tutib oladi, avvalgi
tayinlash nuqtasining IP – manzilini saqlaydi, uni o‗rniga
shaxsiy manzilini
yozdiradi va ilovalarning ma‘lumotlari uzatiladi, yo‗l bo‗yicha yangilangan
xabarni jo‗natiladi.
142
3)
Qabul qiluvchi – stansiyalar uchun PATH – xabarni ular qabul qilgan
seanslar ko‗pligini tanlaydi va RSVP va RESV –
xabarlar yordamida avvalgi
marshrutizatorlardan resurslarni RSVP - zahiralashni so‗rab oladi. RSVP RESV –
xabar qabul qiluvchidan RSVP PATH – xabarlar o‗tgan marshrut bo‗ylab teskari
tomondagi yo‗nalishda yuboruvchiga ketadi.
4)
RSVP – marshrutizatorlar mana shu RESV – so‗rovlarni xotirada
ushlashi mumkinmi yo‗qligini aniqlaydi. Agar ha degan javob bo‗lsa, u holda ular
zahiralashga olingan so‗rovlarni yig‗adi va avvalgi marshrutizatorga so‗rovni
jo‗natadi.
5)
Tegishli marshrutizatorlardan resurslarni zahiralashga so‗rovlarni qabul
qilib, jo‗natuvchilar resurslarni zahiralash yakunlandi degan xulosaga keladi, ya‘ni
xaqiqiy resurslarni RSVP xabarlar tomonidan amalga oshirilgani tasdiqlanadi.
RSVP – zahiralash mexanizmi sxematik ravishda 5.19 - rasmda ko‗rsatilgan.
5.19 - rasm. Resurslarni zahiralashning RSVP mexanizmi