• Ma’lumot turi Keng yo’lakli xizmat na’munasi Qo‘llanish sohasi
  • D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,37 Mb.
    #244791
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
    Bog'liq
    Tarmoq

    Ma’lumot turi 
     
    Kengaytirilgan xizmatlarga 
    na’muna
    Qo‘llanish 
    extimolligi 
    Ma‘lumot 
    Raqamli ma‘lumotni yuqori tezlikda 
    uzatib taqsimlash xizmati 
    Ma‘lumot uzatishini 
    taqsimlash 
    Matnli, 
    grafikli, 
    xarakatsiz 
    tasvir 
    Hujjatlarni uzatish xizmatini 
    taqsimlash 
    Elektron gazeta, 
    Elektron yangilik 
    Ovozli va 
    xarakatli tasvir 
    Video ma‘lumot xizmatini 
    taqsimlash 
    Video va ovozli 
    signallarni 
    taqsimlash 
    TV 
    TV xizmatini taqsimlash sifatini 
    muximligi
    (NTFS, PAL, SECAM) 
    TV dasturlar 
    TV 
    TV xizmatini taqsimlash sifatini 
    oshirish: 
    - TVVI; 
    - TV yuqori ultra sifati 
    TV dasturlarni 
    taqsimlash 
    Pullik TV (pullik TV (ko‘rish
    uchun to‘lov, kanal uchun to‘lov)) 
    TV dasturlarini 
    taqsimlash 


    19 
    Televideniya ko‗rsatuvlarini va ovozli dasturlar olishda taqsimlash xizmati 
    vakil bo‗lib hisoblanadi. 
    1.8-jadval.
    Xududiy foydalanishda shaxsiy boshqarishni taqsimlash xizmati 
    Ma’lumot turi
     
    Keng yo’lakli xizmat 
    na’munasi 
    Qo‘llanish sohasi 
    Matnli, grafikli, 
    xarakatlanmaydigan 
    tasvir 
    Video grafikli kanalni 
    joriy qilish 
    O‗qitish va 
    shug‗ullanishda, 
    reklamada, 
    yangliklarda, 
    dasturlarda 
    Telekommunikatsiya kanallarida ma‘lumotni uzatishdan maqsad, aloqani 
    tashkil etuvchi nuqtalarni aniqlab, ma‘lumotni shu nuqtalardan maxsus tuzilgan 
    qurilmalar majmuasiga uzatishdan iborat. Bu esa ma‘lumot uzatish tarmog‗i 
    deyiladi. 
     
    1.2. Ma‘lumot uzatish tarmoqlariga qo‗yiladigan talablar 
    Ma‘lumot uzatish tarmog‗iga va aloqaning boshqa tarmoqlariga qo‗yiladigan 
    talablar quyidagilar: 
    1. Ishonchlilikka bo‗lgan talab tarmoqning ma‘lum chegarasida oldindan 
    kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‗llab quvvatlovchi funksiyani ta‘minlash 
    kerakligini bildiradi. 
    2. Yashovchanlikka talab tarmoqning ma‘lum chegarasida barcha oldindan 
    kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‗llab quvvatlovchi funksiyasi mavjud 
    bo‗lib, aniq sondagi ichki va tashqi buzilishlar yuz berganida tarmoqning ishlash 
    imkoniyatini saqlab qolishini bildiradi. 
    3. Iqtisodiyligi. Tarmoqni ta‘minlash shartlari bo‗lgan holda bunday 
    tarmoqni yaratish va amalda qo‗llash xarajatlarini optimallash. 


    20 
    4. Kelajakda rivojlana olish imkoniyati. Bu talab tarmoqni doimiy ravishda 
    yuklanishning oshib borishi bilan bog‗liq bo‗lib, ko‗p hollarda tarmoq yuklanishi 
    qay darajada ekanligini aniqlashning iloji yo‗q. 
    Tarmoq konfiguratsiyalarini amalga oshirish oddiy jarayon bo‗lmasligi va 
    tarmoq faoliyati boshidanoq samarali bo‗lishi kerak. Bu konfiguratsiyalar 
    kelajakka moslashuvchan etib yaratilishi kerak. Shu bilan birga ma‘lumot uzatish 
    tarmoqlarining yangi imkoniyatlari paydo bo‗lganda, tarmoq konfiguratsiyalari bu 
    imkoniyatlarni o‗zlashtirish qobiliyatiga ega bo‗lishi kerak. 
    Umuman olganda ma‘lumot uzatish tarmog‗i quyidagi talablarga javob 
    berishi kerak: 
    1.
    Integrallik – tarmoq har xil turdagi axborotlarni ularning uzatilish 
    sifatiga mos kelgan holda uzatish imkoniyatini ta‘minlashi kerak; 
    2. Samaralilik – uzatishda tarmoq o‗z zahiralaridan samarali foydalanish 
    imkoniyatini ta‘minlashi kerak; 
    3. Axborotni yetkazib berishning ishonchliligi – tarmoq qurilmalari o‗rtasida 
    aloqa uzilganida ham tarmoq axborotni yetkazib berishni kafolatlashi kerak; 
    4. Yashovchanlik – tarmoq har qanday ko‗rinishdagi axborot uzatish 
    harakteristikasi bo‗yicha ishlash qobiliyatiga ega bo‗lishi shart. Faoliyatini ma‘lum 
    sabablar tufayli to‗xtatgan tarmoq qurilmalari sonining oshishi tarmoqning xizmat 
    ko‗rsatish sifatini tushirib yuboradi, shunday bo‗lsa-da, tarmoqning ikki punkti 
    o‗rtasida biror ko‗rinishdagi axborotni yetkazib berish bajarilishi kerak; 
    5.
     
    Mobillik – tarmoq har xil nuqtalarda joylashgan foydalanuvchilarning 
    tarmoqqa ulanishi va tarmoqdan chiqishi vaqtida boshqa foydalanuvchilarning 
    tarmoqdagi faoliyati buzmasligi va normal ishlashi kerak
    6. Amalda qo‗llashning uzluksizligi – tarmoqda o‗z ishlash xususiyatini 
    yo‗qotmasdan o‗zining ishdan chiqqan qurilmalari va qurilmalararo aloqalarni 
    aniqlash, lokallash va bartaraf etish imkoniyati bo‗lishi kerak; 
    7. Rivojlanuvchanlik – tarmoq ham alohida guruh doirasida, ham tarmoq 
    orqali birlashtiriladigan guruhlar soni bo‗yicha foydalanuvchilar sonini oshirish 
    imkoniyatini ta‘minlashi kerak; 


    21 
    8. Shovqindan himoyalanganlik – tarmoqda aloqa kanalining xatoliklar 
    ehtimoli katta bo‗lganda ham biror ko‗rinishli ma‘lumotni yetkazib berish xatolik 
    ehtimoli kichik bo‗lishi ta‘minlanishi kerak. 
    Tarmoqning alohida qismlarida qisqa muddatli shovqinlar, to‗siqlar 
    bo‗lganida ham o‗z faoliyatini davom ettira olishi kerak. Tarmoq shovqinni 
    bartaraf etishda o‗z normal faoliyatini tiklay olishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga 
    olib ma‘lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda quyidagi talablarning qondirilishi 
    hisobga olinishi kerak: 
    1. Ko‗plab foydalanuvchilar va chiziqli interfeyslarga taqdim etilishi kerak 
    bo‗lgan mavjud aloqa tarmoqlari infratuzilishsidan foydalanish, jumladan har xil 
    jinsli transport tarmoqlari mavjud bo‗lgan tarmoq qurilmalari o‗zaro ishlash 
    imkoniyati nazarda tutilgan; 
    2. Katta xarajatlar jalb etmasdan tarmoq zahiralarini oldindan taqsimlash 
    imkoniyati, buning uchun tarmoqning o‗zi bir turdagi qurilmalarga asoslangan 
    bo‘lishi afzal, qurilmalar esa umumiy modullarning maksimal universalligi bilan 
    modulli tamoyil asosida qurilishi kerak; 
    3. Tarmoqning kengaya olish imkoniyati; 
    4.

    Download 3,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish