70
RIP masofa-vektor protokoli
RIP (Routing Information Protocol) protokolida hamma tarmoqlar raqamga
ega (raqam tashkil bo‗lish usuli, tarmoqda tarmoq pog‗onasining protokolini
ishlatilishiga bog‗liq), marshrutizatorlar esa, identifikatorlarga ega. RIP protokoli
keng ―Masofa vektori‖ tushunchasini ishlatadi.
Masofa vektori, bu tarmoq
raqamlari va uchastkalarida qadam (xop)larga bo‗lgan masofani hisoblovchi ikki
juft son.
Masofa vektori marshrutizatorlar tomonidan tarmoq bo‗yicha tarqatiladi va
bir necha qadamdan keyin har bir marshrutizator yetishadigan tarmoq va unga
bo‗lgan masofa to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗ladi.
Agar qaysidir tarmoq
bilan aloqa uzilsa, marshrutizator bu xolatni belgilab, vektor elementiga ushbu
tarmoqqacha bo‗lgan
masofaga, ―Aloqa yo‗q‖ maxsus ya‘ni, maksimal belgi
qo‗yadi. RIP protokolida bu belgi 16 son hisoblanadi.
Aloqaning xolatiga va qurulmalarni o‗zgarishiga moslashish uchun
marshrutlash jadvalining har bir yozuviga taymer ulanadi. Agar taym-out davrida
ushbu yo‗nalishni tasdiqlovchi xabar kelmasa, unda u yo‗nalish
jadvalidan olib
tashlanadi. RIP protokolidan foydalanilganda Bellman-Ford dinamik
dasturlashining evristik algoritmi ishlaydi va uning yordamida topilgan yechim
optimalga yaqin hisoblanadi.
RIP protokolining ustunligi,
uning hisoblashdagi oddiyligi, kamchiligi esa
keng ogohlantiruvchi paketlarni vaqti-vaqti bilan jo‗natadi va topilgan yo‗nalish
optimal ekanligi hisoblanadi.
OSPF aloqa xolati protokoli
OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega:
- sinfsizlik-protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni
ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;
71
- samaradorlik-marshrutda o‗zgarish bo‗lsa marshrutizatsiyani
yangilash
(doimiy bo‗lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‗lni to‗plash
uchun SPF qisqa yo‗lni izlash algaritmini ishlatadi;
- tez bir xillikka erishish-tarmoq o‗zgarganligini tez translyatsiya qilish;
- masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‗ljallangan.
Ierarxik tuzilishni qo‗llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga
guruhlash mumkin;
- xavfsizlik - MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‗llab
quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‗lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan
berilgan bir xil parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat
shifrlangan xabarlarini qabul qiladi.
Administratoriy masofa (Administrative distance (AD)) (MM)- marshrut
manbasining ishonchlilik qiymatini ko‗rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga
teng.
Hamma marshrutizatsiya protokollari o‗xshash komponentlarni ishlatadi.
Hamma protokollar marshrutizatsiyaning ma‘lumotlarini
almashish uchun
marshrutizatsiya protokolining xabarini ishlatadi. Xabar marshrutizatsiya algoritmi
yordamida qayta ishlashini ta‘minlovchi ma‘lumotlar tuzilishini qurishga yordam
beradi.
OSPF marshrutizatsiya protokolining 3 ta (3.1 - jadval) asosiy komponenti
mavjud.
1) Ma’lumotlarning tuzilishi.
OSPF protokoli 3 ta ma‘lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko‗rsatadi:
- qo‗shni qurilmalar to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasi-qo‗shni qurilmalarning
jadvalini yaratadi;
- kanal xolati to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasi (LSDB) - topologiya
to‗g‗risida jadval yaratadi;
- jo‗natmalarning ma‘lumotlar bazasi- marshrutizatsiya jadvalini yaratadi.
Bu jadvallar marshrutizatorlar o‗rtasida ma‘lumotlar almashishini bajaruvchi
qo‗shni murshrutizatorlar ro‗yxatidan iborat.
72
2) Marshrutizatsiya protokolining xabari.
OSPF protokoli marshrutizatsiya ma‘lumotlarini
uzatish uchun xabarlarni
almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi.
- salomlashish paketi (hello);
- ma‘lumotlar bazasini tavsiflovchi paket;
- kanal xolati paketi;
- kanal xolatini yangilash paketi;
- kanal xolatini tasdiqlash paketi.
Bu paketlar qo‗shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to‗g‗risida
aniq ma‘lumotga ega bo‗lish maqsadida marshrutizatsiya ma‘lumotlarini almashish
uchun ishlatiladi.
3) Algoritm.
Markaziy protsessor Deykstra qisqa yo‗lni izlash algoritmini ishlatgan holda
topologiya jadvali va qo‗shni qurilmalar jadvalini qayta ishlaydi. Qisqa yo‗lni
izlash algoritmi ko‗rsatilgan joyga barcha kirishlarni narhi to‗g‗risidagi
ma‘lumotga asoslanadi.
Qisqa yo‗lni izlash algoritmi SPF qisqa yo‗llar daraxtini har bir
marshurtizatorni daraxtning ildiziga joylashtirish orqali yaratadi va har bir
qurilmaga qisqa yo‗llarni hisoblaydi. Shundan keyin SPF qisqa yo‗llar
daraxti
optimal marshurtni hisoblash uchun ishlatiladi. OSPF protokoli marshrutizatsiya
jadvalini yaratish uchun qo‗llaniluvchi jo‗natmalarni ma‘lumotlar bazasiga optimal
marshrutni tanlash uchun kiritadi.
OSPF
protokolini
ishlatuvchi
marshrutizatorlar
marshrutizatsiya
ma‘lumotlarini taqdim etishda marshrutizatorlar bir xil marshrutizatsiya jadvaliga
ega bo‗lish uchun kanal xolati bo‗yicha marshrutizatsiya jarayonining quyidagi 5
ta qadamini bajaradi:
73
3.1 – jadval.
OSPF ma‘lumotlarni tuzilishi