63
“B” sinf manzillari. ―B‖ sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 10
qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15
ga qadar
bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa,
ushbu tarmoqlardagi xost raqamlarini ifoda etadi. 16384 ta tarmoqning har birida
65534 ta xostga ega bo‘lamiz.
Misol uchun, ―B‖ sinfi manzilidagi 172.16.0.1,
tarmoq manzili - 172.16, xost raqami - 0.1.
“C” sinf manzillari. ―C‖ sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 110
qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoq
raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‗nggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga
qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‗zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta
tarmoqqa ega bo‗lamiz. Ularning har birida 254 ta xost bo‗ladi.
Misol uchun C
sinfi tarmog‗idagi 192.11.2.1 manzilni olaylik. Undagi 192.11.2 tarmoq manzilini
o‗zida ifoda etadi. Tarmoqdagi xostning raqami esa – 1.
“D” sinf manzillari. ―D‖ sinf tarmoqlari IP – manzilning birinchi to‗rtta
bitlarida 1110 qiymatlari bilan belgilanadi. ―D‖
sinfining manzil kengligi
qurilmalar to‗plamini
manzillash uchun foydalanuvchi, guruhli IP –
manzillarni
ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur
paketning manzil maydonida
ko‗rsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir
nechta qurilmalarga darhol
yetkazilish lozimligini anglatadi.