D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana22.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#126392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
61e54be6345e45.35724858

 
 


54 
Virtual kanallar va virtual yo‘llar 
Yacheyka sarlovhasida ATMni har bir yacheykasi ikki qismli manzilga ega, 
ya‘ni VPI (virtual path identifier, VPI) va VCI (vitual channel identifier, VCI)dan 
iborat. Bu manzil fizik interfeys pog‗onasida ATMni virtual ulanishini noyob 
identifikatsiyasini ta‘minlaydi. Uzatishni fizik marshruti (masalan, DS1 yoki DS3) 
bir yoki undan ko‗proq marshrutlarga ega va bundan tashqari har bir virtual 
marshrut bir yoki undan ko‗proq virtual kanallarga ega bo‗lishi mumkin.
Quyidagi 2.13 - rasmda fizik pog‗onadagi ulanish ko‗rsatilgan.
2.13-rasm. Fizik pog‗onadagi ulanish 
Uzatishni ma‘lum marshrutida VPI va VCI alohida kanalga biriktirilgan va 
faqat berilgan kommutator uchun ma‘lum qiymatlarga ega hisoblanadi. VPI va 
VCI manzillari tarmoq ulanish marshrutida ATMni har bir kommutatorlarida 
o‗zgarib turadi, ya‘ni har bir kommutator kiruvchi VPI va VCIni, chiquvchi VPI va 
VCIga o‗zgartirib turadi. Ziddiyatli holatlar sodir bo‗lmagan vaqtda, manzil 
tarmoq boshqa joylarida ishlatilishi mumkin. ATM uzatish marshrutiga, virtual 
marshrut yoki virtual kanalga kommutatsiyani ta‘minlab beradi. 
Aloqa o‗rnatilayotganda, unga ulanishni oraliq raqami beriladi va bu ulanish 
paytida keyingi paketlarni uzatishda (ya‘ni aloqa uzilish vaqtigacha) paketlarni 
xizmat maydonida, ishlatilish manzilining qurilmasi o‗rniga ancha qisqa bo‗lgan 
ulanish raqami ishlatiladi. Paketda 5 baytga teng kichik sarlovha bor. Bulardan 3 
bayti, ATM tarmog‗i doirasida noyob bo‗lgan virtual ulanish raqamiga beriladi. 


55 
Qolgan 48 bayt esa, raqamli ovozni 6 razryadiga yoki hisoblash tarmog‗ini 6 baytli 
ma‘lumotiga ega bo‗lishi mumkin. Katta bo‗lmagan belgilangan uzunlikdagi 
paketlar, sinxron trafikni uzatishda uzilishlar kam bo‗lishini kafolatlaydi. Shu 
narsa ayonki, har bir kanal uchun qat‘iy belgilangan kanalli intervallarni rad etish 
natijasida, ideal bir - xillikga ega bo‗lish mumkin bo‗lmay qoladi. Biroq turli trafik 
paketlariga turli xizmatlar ko‗rsatilganda, birinchi paketni maksimal kutish vaqti, 
bitta paketni qayta ishlash uchun ketgan vaqtga teng bo‗ladi. Trafik turini kiritish 
va birinchi xizmat ko‗rsatish, ATM texnologiyasini o‗ziga xos tarafi hisoblanadi 
va bu unga bitta kanalda sinxron va asinxron paketlarni joylashtirish imkonini 
beradi. ATM tarmoqlarida ohirgi qurilma va tarmoq orasida ulanish aloqani 
individual liniyasi orqali amalga oshiriladi. Kommutatorlari esa, o‗zaro bir - birlari 
bilan zichlashtirilgan kanal orqali ulanadi va ular kerakli kommutatorga ulangan 
barcha qurilmalarning paketlarini uzatadi (2.13-rasm).
2.13 - rasm ATM tarmog‗ining tuzilishi 
ATM tarmog‗i telefon tarmog‗i tuzilishsiga o‗xshash tuzilishga ega. Bunda 
ohirgi stansiyalar quyi pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi. Bu esa o‗z 
navbatida yuqori pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi. 
ATM kommutatorlari, kommutatorlar tarmog‗ida trafikni marshrutizatsiya 
qilish uchun ohirgi qurilmalar manzilini ishlatadi. Paketli kommutatsiya virtual 
kanal identifikatori (VCI) asosida sodir bo‗ladi. U o‗rnatilganda aloqa o‗rnatishga 
tayinlanadi va aloqa uzilganda u yo‗q qilib tashlanadi. Virtual ulanish ohirgi 
А.1 
kommutator 
А. 2 
kommutator 
А 1.1 
stantsiyasi 
А 1.2 
stantsiyasi 
А 1…n 
stantsiyasi 
А 2.1 
stantsiyasi 
Kommutatsiyalan
adigan virtual 
kanal (SVC) 
Stantsiya
adresi 
20 bayt 


56 
stansiyani 20 baytli manzillari asosida o‗rnatiladi. Manzilni bunday uzunligi katta 
tarmoqlar uchun mo‗ljallangan. Manzil ierarxiyali tuzilishga ega. U telefon 
tarmog‗idagi raqamga o‗hshashdir va shahar, davlat kodlariga moslarini ishlatadi. 
Virtual 
ulanishlar 
doimiy 
(Permanent 
Virtual 
Circuit, 
PVC) 
va 
kommutatsiyalanadigan (Switched Virtual Circuit, SVC) bo‗lishi mumkin. Doimiy 
virtual ulanishlar ikkita belgilangan abonentlarni ulaydi va tarmoq administratori 
tomonidan o‗rnatiladi. Kommutatsiyalanadigan virtual ulanishlar ixtiyoriy ohirgi 
abonentlar orasida aloqani o‗rnatish boshlanganda o‗rnatiladi. ATMni ohirgi 
stansiyasini quyi pog‗ona kommutatorlari bilan ulash UNI (User Network 
Interface) standarti orqali amalga oshiriladi. UNI paket tuzilishini, stansiya 
manzilini, boshqariladigan axborotni almashishni, ATM protokoli pog‗onasini va 
trafikni boshqarish usullarini aniqlaydi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari

Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish