57
3.
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TARMOQ POG‘ONASI
PROTOKOLLARI
3.1. Tarmoq pog‗onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillash
Tarmoq pog‗onasi quyidagilarni ta‘minlaydi:
- foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;
- marshrutizatsiyalashga bog‗liq bo‗lmagan transport tarmoq pog‗onasi
uchun axborotlarni uzatishni ta‘minlovchi tarmoq ulanishlarini o‗rnatish;
- faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;
- ma‘lumot oqimlarini boshqarilishini ta‘minlash;
- paketlar jo‗natilishi ketma – ketligini tartibga solish;
- shoshilinch ma‘lumot uzatilishini ta‘minlash;
- xatolarni topish va tuzatilishini ta‘minlash.
Tarmoq pog‗onasining ma‘lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan.
Tarmoq pog‗onasida 2 xil protokol ishlaydi.
1.
Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni xarakatini yo‗lga
qo‗yadi;
2.
Marshrutlash
protokollari
–
marshrutizator
tarmoqlararo
bog‗lanishlar topologiyasi to‗g‗risida axborot to‗playdi.
Tarmoq pog‗onasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
- murakkab tarmoqlarning qurilmalari o‗rtasidagi paketlar
uzatilishi;
- biron bir me‘zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil
marshrutni aniqlash;
- kanal pog‗onasi protokollarini moslashtirish (murakkab
tarmoq
miqyosida).
Uchinchi pog‗onada bajariladigan tarmoq protokoli ma‘lumot paketlari
marshrutini tanlashda qo‗llaniladi
1980-yillarning birinchi yarmida yaratilgan va keyinchalik TCP/IP
nomini
olgan axborot uzatish modelining protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‗rt
58
pog‗onali tuzilishga ega bo‗lib, har bir pog‗onada o‗zining protokollari mavjuddir.
Bu protokol orqali manzillashdan nafaqat internet tarmog‗i elementlarini
manzillashni
amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham
foydalanuvchilarga yagona manzillar berish mumkin.
Manzillash orqali tarmoq
foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan
foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam
bo‗lgan va ularni manzillashda muammo bo‗lmagan,
ammo shaxsiy
kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalarining sonini keskin ortishi
manzillashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‗rtinchi IPv4 va
oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‗lib, ular turli xususiyatlarga ko‗ra bir-biridan
farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4
ga asoslangan, ammo ushbu
protokol taqdim etayotgan manzillar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi.
Internet tarmog‗i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari
ham ko‗payib bormoqda. Internet buyumlari, ya‘ni masofadan boshqaruv tizimlari,
―aqlli uy‖ kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta‘minlash uchun IPv6ni qo‗llashdan
boshqa iloj qolmadi. ―Xalqaro simsiz tadqiqot‖ forumi a‘zolarining baholashicha
2017-2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni
tashkil etadi va bir
foydalanuvchiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni
3000-5000 tani tashkil qilar ekan [1]. Hozirda IPv4 manzillari yakunlangani uchun
IPv6 protokolini tarmoqda qo‗llash ustida global miqyosda ish boshlangan.