59
IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy
mexanizm qo‗llaniladi: xizmat ko‗rsatish turi,
paket yashash vaqti, sarlovhaning
nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha imkoniyatlar.
Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning
uzatilishida talab
etiladigan sifatni ko‗rsatishi uchun foydalaniladi.
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi paketning mavjud bo‗lish vaqtining
yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va
paketning marshrut nuqtalari bo‗ylab xarakatlanishiga ko‗ra kamayib boradi.
Paketning vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‗lsa,
u holda
ushbu paket yo‗q qilinadi.
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlarning himoyasini
ta‘minlaydi. Agarda modul
sarlovhada xatolikni aniqlasa, ushbu paket uni
aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi.
Qo‗shimcha imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha
xizmatlar bajarilishini
ta‘minlaydi. Masalan, ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish
usullari.
IPv4 protokoli
IPv4 protokoli o‗tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 2
32
ta
manzillarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‗lgan
ushbu protokol bir qancha
kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, manzillar soni barcha
ehtiyojlarni qondirish
uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari xavfsizlik masalalari ushbu protokolda
ko‗rib chiqilmagan.