62
ob‘ektlari – so‗nggi ko‗rsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik
identifikatorlari bo‗lib xizmat qiladi.
IPning yordamchi ko‗rsatkichlari maydoni (IP opsiyalari) (Options) –
qo‗shimcha xizmatlar bor yoki yo‗qligini aniqlaydi. O‗zgaruvchan uzunlikka ega
deytagrammada bo‗lishi yoki bo‗lmasligi mumkin.
To‗ldiruvchi maydon (Padding) sarlovhani 32-razryadli chegaraga
moslashtirish (to‗g‗rilash) uchun qo‗llaniladi.
IP-manzillash asoslari. IP-manzil o‗nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z
shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun
foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob 4 oktetlik (32-bitlik) kattalikni o‗zida
ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa manzili
(o‗zida manzilning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost manzili (tarmoq
segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni
bo‗yicha ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi.
IP-manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, B va C
sinf manzillari noyob sinf sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid manzillar
qurilmalar to‗plamiga murojaat qilish uchun qo‗llanilad. ―E‖ sinfiga oid manzillar
esa tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan
foydalanilmaydi. Bundan tashqari barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus
maqsadlar uchun zahiralashtirilgan.