D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana22.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#126392
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
61e54be6345e45.35724858

 
Nazorat savollari 
 
1. Tarmoqlararo almashinuv protokollari nima? 
2. TCP va UDP protokollarining farqi nimada? 
3. ICMP protokoli nima uchun ishlatiladi? 
4. Paketlarni qabul qilinishi qanday amalga oshiriladi? 
5. Real vaqtda qanday protokollar ishlatiladi? 
6. QoS sinflari nimaga javob beradi? 
7. Xizmat ko‗rsatish sifat ko‗rsatkichlari qanday tekshiriladi? 
8. IP - telefoniya qaysi protokollar bilan ishlaydi? 
9. RTP protokoli qachon ishlatiladi? 
10. RTCP protokolining asosiy vazifasi nimadan iborat? 
11. RSVP protokolining ishlatilishini tushuntirib bering? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


105 
5. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA AMALIY VA 
HIMOYALANGAN TARMOQ PROTOKOLLARI
 
5.1. Amaliy pog‗ona protokollari: Telnet, FTP va TFTP, NTP 
Amaliy pog‗ona protokollari - bu ilova dasturlari bo‗lib, qo‗llanilishi 
jihatdan turli vazifalarni bajaradi. Masalan: Telnet qurilmalarga uzoqdan ulanishni 
ta‘minlaydi. FTP va TFTP protokollari esa serverga ma‘lumotlarni uzatish va 
qabul qilish uchun ishlatiladi.
Lokal tarmoqlarda telnetni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet 
eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz 
ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi 
nomi va paroli) ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda 
himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va 
paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasida 
uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni,Telnet TCP-
port 23 ni ishlatadi.
5.1 – rasmda begona shaxs Wireshark dasturi yordamida paketlarni ko‗rishi 
mumkinligi keltirilgan. Telnet oqimida foydalanuvchi nomi va parolini ushlashi 
mumkin. 


106 
5.1 - rasm. Telnetni Wireshark dasturi yordamida ushlash 
5.2 – rasmda begona shaxs himoyalanmagan telnet seansida 
administratorning nomini va parolini ushlashi mumkinligi keltirilgan. 
5.2 – rasm. Himoyalanmagan telnet seansida administratorning nomini va parolini 
ushlash 


107 
5.3 – rasmda SSH seansini Wireshark dasturi yordamida ko‗rish 
ko‗rsatilgan. Begona shaxs administratorning qurilmasini IP manzili yordamida 
seansni kuzatishi mumkinligi keltirilgan. 
5.3 – rasm. SSH seansini Wireshark dasturi yordamida ko‗rish 
5.4 – rasmda SSH protokoli yordamida foydalanuvchi nomi va paroli 
shifrlangan ko‗rinishi keltirilgan. 
5.4 – rasm. SSH protokoli yordamida foydalanuvchi nomi va paroli 
shifrlangan ko‗rinishi 


108 
SSH protokolini ishlashi uchun kriptografik funksiyalarga va imkoniyatlarga 
(shifrlash) ega bo‗lgan IOS dasturiy ta‘minotli kommutatorlar kerak bo‗ladi. 
Kommutatorda show version buyrug‗ini berib, kommutator qaysi IOS versiyasida 
ishlayotganligini ko‗rish mumkin (5.5 - rasm). Agar operatsion tizimning nomida 
K9 so‗zi ishlatilsa, bu kriptografik funksiyaga va imkoniyatlarga (shifrlash) 
egaligini ko‗rsatadi.
5.5 – rasm. Operatsion tizimning nomida k9 so‗zi mavjudligi 
SSH protokolini sozlashdan oldin kommutatorda tugunning maxsus nomini 
va tarmoq ulanishining mos keluvchi ko‘rsatkichlarini ko‗rsatish lozim.
SSH protokoli borligini bilish uchun show ip ssh buyrug‗i beriladi. Agar 
kommutatorda kriptografik funksiyani qo‗llab quvvatlovchi IOS bo‗lmasa, bu 
buyruq ishlamaydi. 
Tarmoqning IP domenini global konfiguratsiya rejimida ip domain-name 
domen nomi yordamida ko‗rsatiladi. 5.6 – rasmda domen nomi cisco.com qilib 
olingan.
5.6 – rasm. Uzoqdagi qurilmani boshqarish uchun SSH protokolini sozlash 


109 
IOSning hamma versiyalarida ham SSHning 2 versiyasi ishlatilmaydi. 
SSHning 1 versiyasida ma‘lum zaifliklar mavjud. SSHni sozlash uchun global 
konfiguratsiya rejimida ip ssh version 2 buyrug‗i beriladi. Juft RSA kalitlari 
yaratilganda SSH protokoli avtomatik ishga tushadi. Kommutatorda SSH serverini 
ishlatish va juft RSA kalitlarini generatsiya qilish uchun global konfiguratsiya 
rejimida crypto key generate rsa buyrug‗i kiritiladi. RSA kalitlarini yaratishda 
administratordan modulni uzunligini kiritish talab etiladi. Modulning uzunligi 
1024 bit bo‗lishi tavsiya etiladi (5.6 – rasm). Uzun modul ishlatilsa xavfsiz bo‗ladi, 
lekin uni yaratishda va ishlatishda ko‗p vaqt ketadi. 
Izoh: juft RSA kalitlarini o‗chirish uchun global konfiguratsiya rejimida 
crypto key zeroize rsa buyrug‗idan foydalaniladi. Juft RSA kalitlarini 
o‗chirilgandan keyin SSH server avtomatik o‗chadi. 
SSH-server foydalanuvchilarni lokal yoki autentifikatsiya serveri yordamida 
himoyalashi mumkin. Autentifikatsiyaning lokal usulini ishlatish uchun global 
konfiguratsiya rejimida username imya_polzovatelya secret password buyrug‗i 
beriladi. Foydalanuvchi uchun admin parol uchun ccna olindi. 
Tinch holatda SSH ikkala versiya (1 va 2)ni qo‗llab quvvatlaydi. Agar ikkala 
versiya ishlasa, u holda show ip ssh buyrug‗ining natijasi 1.99 versiya deb xabar 
beradi. 1 versiyada ko‗p zaifliklar mavjud. Shu sababli faqat 2 versiyani ishlatish 
tavsiya qilinadi. Uni ishlatish uchun global konfiguratsiya rejimida ip ssh version 

Download 3,37 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari

Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish