Nazorat savollari
1. Ovoz kodeklari qaerda ishlatiladi?
2. Ovozni paketga aylanishi qanday amalga oshiriladi?
3. Xizmat ko‗rsatish sifati nima?
4. IP kanalning o‗tkazuvchanlik xususiyati nima?
94
4. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TRANSPORT POG‘ONASI
PROTOKOLLARI
4.1. Transport pog‗onasi protokollari: UDP, TCP va SCTP
Transport pog‗onasining asosiy maqsadi – o‗zining foydalanuvchilariga
ishonchli, tejamli (resurs va kanallardan foydalanish rejasi asosida) va foydali
xizmatlarni taqdim etishdan iborat (amaliy pog‗onada, 4.1-rasm).
4.1 – rasm. Transport pog‗onasi protokolini qo‗llanilishi
Transport pog‗onasining funksiyasi:
- foydalanuvchiga ma‘lumotlarni to‗g‗ri yetkazib berilishini tekshirish;
- ulash, o‗rnatish;
- qabul qilganligi haqida hisobot;
- yo‗qotilgan yoki noto‗g‗ri yuborilgan ma‘lumotlarni qayta jo‗natish;
- oqimlarni boshqarish.
Qabul qiluvchining manzilini to‗g‗riligini tekshirish uchun psevdosarlovha
95
tuzilishi (UDP va TCP uchun)dan foydalanadi.
Transport pog‗ona protokollaridan ommaboplari TCP va UDP protokollari
hisoblanadi:
- TCP protokoli – bu ishonchli protokol, ma‘lumotlarni tartibli uzatish
ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta‘minlaydi.
- UDP protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‗ljallangan, ma‘lumotlarni
uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini nazorat qilmaydi
(4.2-rasm).
Lekin UDP protokoli tez ishlaydigan protokol hisoblanadi va xabarlar
chegarasini ta‘minlaydi.
4.2 – rasm. UDP sarlovha tuzulishi
UDP psevdosarlovha
- nazorat yig‗indilarini hisoblashdan oldin UDP-paketiga qo‗shiladi.
(psevdosarlovha va ma‘lumotlar, nazorat yig‗indisi sarlovhaga asoslangan xolatda
hisoblanadi) Yetkazib berishni to‗g‗riligini tekshirish uchun kerak. Qabul
qiluvchiga uzatilmaydi (4.3-rasm);
- UDP-paketi noldan 16 bitgacha to‗ldiriladi;
- qabul qiluvchi nazorat yig‗indisini hisoblashda ma‘lumotning
psevdosarlovhasi asosida qabul qilingan IP – sarlovha, UDP sarlovha va
ma‘lumotlar maydonidan foydalanadi.
96
4.3 –rasm. UDP sarlovhasini tuzulishi
Umumun olganda, TCP protokollari to‗plami yuqorida ko‗rib chiqilgan OSI
modeli to‗plamidan farq qiladi. TCPni quyidagi jadval asosida ko‗rish mumkin
(4.4 - rasm):
- ilova pog‗onasi (Application Layer);
- transport pog‗onasi (Transport Layer);
- Internet pog‗onasi (Internet Layer);
- tarmoqqa kirish pog‗onasi (Network Access Layer).
4.4 – rasm. TCP/IP protokollari to‗plamining tuzulishi
Ilova pog‗onasi (Application Layer)
Тarmoqqa kirish pog‗onasi (Network Access Layer)
Internet pog‗onasi (Internet Layer)
Transport pog‗onasi (Transport Layer)
4
3
2
1
97
Ushbu rasmda tarmoqqa kirish pog‗onasida barcha fizikaviy qurilmalarga
kirish protokollari joylashgan. Yuqorida tarmoqlararo almashinuv protokollari IP,
ARP, ICMP mavjud. Yanada yuqoriroqda esa asosiy transport protokollari
hisoblangan TCP va UDP, ular ma‘lumotlarni paketlarga to‗plashdan tashqari,
qaysi ilovaga ma‘lumotlarni jo‗natish va qaysi ilovadan ma‘lumotlarni olish
lozimligini aniqlaydi. Eng yuqorida ilova pog‗onasidagi protokollar joylashib, ular
ilovalardan ma‘lumotlarni almashtirishda foydalanadilar.
OSI (Open Sustem Interconnection) tasnifiga asoslanib, TCP/IP protokollari
tuzulishini etalon modeli (4.5 - rasm) bilan solishtirib ko‗ramiz.
4.5 – rasm. Tarmoq qurilmasida TCP/IP oilasiga mansub protokolarni qo‗llovchi
modullar
Rasmdagi to‗g‗ri to‗rtburchak bilan belgilangan modullar ma‘lumotlarni
uzatish yo‗li-―chiziqlar‖da paketlarni o‗rganib chiqadi. Bu chizmani taxlil etishdan
avval ba‘zi atamalarni keltirib o‗tamiz.
|