134
5.1 – jadval davomi
G.729
8
3.92
G.729a
8
3.70
G.729.1
6.3
3.9
IP telefoniyada qo‗llaniladigan aksariyat kodeklar H.323 standartida
yozilgan (5.2 – jadval). Me‘yoriy xujjatlar asosida ovoz xabarlari xizmatlarining
qurilmalarida kodlash / dekodlashda minimal kechikish va qabul qilsa bo‗ladigan
xabarlarni sifatini ta‘minlash maqsadida 32 Kbit/s li ADIKM usulini qo‗llash
tavsiya qilinadi. Ushbu kodlash usuli asosiy deb hisoblanishi kerak.
5.2 – jadval.
H.323 oilasiga
mansub kodeklarning tavsifi
Kodek
Kodek tipi
Kodlashtirish
tezligi, Kbit/c
Kodlashtirish
vaqtida kechikish
G.711
IKM
64
0.75
G.726
ADIKM
32
3.85
G.728
LD-CELP
16
3.61
G.729
CS-ACELP
8
3.92
G.726a
CS-ACELP
8
3.70
G.723.1
MP-MLQ
6.3
3.9
G.723.1
ACELP
5.3
Internet tarmog‗ida ma‘lumot uzatish uchun xizmat ko‗rsatish
sifatiga talab
Ma‘lumotlarni uzatish uchun tarmoqdagi dasturiy ta‘minotning talabini
inobatga olish kerak.
Internet tarmog‗ida ma‘lumot uzatishni xizmat ko‗rsatish sifati bo‗yicha
135
talabini bajarish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- tarmoqda dasturiy ta‘minotning talabini hisobga olish;
- ishlab chiqarilgan quvvatni yuklanishini asosiy o‗tkazish
qobiliyatiga
mos kelishini rejalashtirishni bajarish;
- to‗rttadan ko‗p bo‗lmagan trafikning ajratilgan sinfini qo‗llash;
- lokal – aniqlangan muhim sinf (juda muhim ilovalar uchun), yuqori
imtiyozli tranzaksiyali va interaktiv ilova;
- tranzaksiyali / interaktiv sinf – mijoz – xizmat ilovasi,
xabarni uzatish
bo‗yicha ilova;
- hajmli sinf (Bulk) – elektron pochta (E-mail),
sinxronizatsiya, katta
hajmdagi fayllarni uzatish;
- imkoniyat bo‗yiicha sinf (Best Effort) – tinchlik bo‘yicha
barcha
belgilanmagan trafiklar uchun sinf.
Lokal – aniqlangan termini – har bir mijoz uchun katta bo‗lmagan biznes –
imtiyozga ega bo‗lgan tranzaksiyali va interaktiv ilovalar uchun xizmatning yuqori
sinfi. Bu sinf kam sondagi ilovalarga tayinlanadi.
Tranzaksiyali / interaktivli – bu ikkita o‗hshash ilovalarning kombinatsiyasi:
mijoz – server tranzaksiya ilovalari va interaktiv ilovalarni tranzaksiyasi. Interaktiv
bo‗lmagan ilovalar uchun mo‗ljallangan. Bu ilovalar foydalanuvchi bajarilgan
jarayonni natijasini kutmaydigan FTP, sinxronizatsiya, video ma‘lumotlarni
tarqalish yoki boshqa turdagi ilovalarni o‗z ichiga oladi.
Imkoniyat bo‗yicha so‗rov (Best Effort) – internet tarmog‗ining barcha
turdagi ma‘lumotlar trafigi uchun mo‗ljallangan. Faqat agar ilova alohida qayta
ishlash uchun olingan bo‗lsa, bu sinfdan chiqib ketadi. Ko‗plab
korporativ
tashkilotlarning mijozlari yuzlab ilovalarni o‗zlarining tarmoqlarida avtomatik
holatdagi sinf uchun o‗tkazish yo‗lagini talab qiladi (aksariyat hollarda ular shu
sinfda qoladi). Bu sinfga tushgan ilovalarga xizmat ko‗rsatish kengroq bo‗ladi.
O‗tkazish qobiliyatining 25% ini imkoniyat bo‗yicha trafikni sinfini qo‗llab
quvvatlashga ajratish tavsiya etiladi.