133
ya‘ni moslashgan djitter – buferlar uchun kechikishni tebranishi 10 ms dan kam
bo‗lishi kerak.
6. Har bir so‗zlashuv uchun ikkinchi pog‗onaning sarlovhasi va kodekning
(kvantlash chastotasiga bog‗liq) 20 – 106 Kbit/s kafolatli imtiyozli o‗tkazish
yo‗lagini talab qiladi.
7. Signalizatsiya trafigi uchun 150 bit/s (ikkinchi pog‗onaning sarlovhasini
qo‗shganda) kafolatli o‗tkazish yo‗lagini talab qiladi.
Kanalning o‗tkazish yo‗lagini samarali ishlatishning muhim faktorlaridan
biri ovoz xabarlarini optimal kodlash/dekodlash – kodekini tanlash hisoblanadi.
8. Impuls kodli modulyatsiya (IKM) va adaptiv differensial impuls kodli
modulyatsiya (ADIKM) kodeklari bugungi kunda an‘anaviy telefon tizimlarida
qo‗llanilmoqda. Aksariyat hollarda raqamli analog o‗zgartirgich (RAO‗) / analog
raqamli o‗zgartirgich (ARO‗)ni o‗zida mujassamlashtirgan.
9. Radio traktni o‗tkazish yo‗lagiga talabni so‗ndirish ovoz signallarini
vokoderli o‗zgartirish kodeklari uchun mobil aloqa tizimlarida vujudga keldi. Bu
guruhdagi kodeklar axborot asosida signalning garmonik sintezini ishlatadi. Uning
vokal tashkil etuvchisi fonemlar hisoblanadi. Bu kodeklar ko‗pincha analog
qurilmalarda qo‗llaniladi.
10. Kombinatsiyalashgan (gibridli) kodeklar vokoderli o‗zgartirishlar ovozni
sintez qilish texnologiyasini o‗zida qamrab olgan, lekin maxsus DCP vositalar
yordamida raqamli qurilmalarda qo‗llanilmoqda. Bunday turdagi kodeklar IKM
yoki ADIKM kodekini o‗zida mujassamlashtirgan.
5.1 – jadvalda turli kodeklarni ishlatishda ovoz sifatini baholash to‗g‗risida
ma‘lumot keltirilgan.
5.1 – jadval.
Har xil kodeklarni qo‗llash orqali ovoz sifatini baholash