D X abdurakhimovning Koˈchma qum va tuproqlarda struktura hosil qilish uchun suvda eruvchan polimerlarni yaratishning ilmiy-ekologik jihatlari




Download 15.48 Kb.
Sana05.09.2023
Hajmi15.48 Kb.
#80287
TuriReferat
Bog'liq
Taqriz Maxmudov
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

D.X Abdurakhimovning «Koˈchma qum va tuproqlarda struktura hosil qilish uchun suvda eruvchan polimerlarni yaratishning ilmiy-ekologik jihatlari» mavzusidagi 11.00.05-Atrof- muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi boyicha tayyorlangan kimyo fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan avtoreferatiga
T A Q R I Z

Dunyoda akrilamid asosida dispers tizimlarning polielektrolit komponentlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan akrilamidning polimerlanishi va poliakrilamidning gidrolizlanish jarayonlarini turli xil gidrolizlovchi vositalar yordamida, gidroliz reaktsiyasining sharoitlari, ularning eritmalarining strukturaviy xususiyatlarga ta’sirini o‘rganish kerak, shuningdek polimer makromolekulalarning qum va tuproq zarralari bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Mazkur ishning maqsadi ko‘chma qum va tuproqlar uchun yuqori samarali strukturantlarni olish uchun mahalliy poliakrilamidni gidrolizlash jarayonlarini amalga oshirish va olingan polielektrolitlar xossalarini aniqlаshdan iborat.
Talabgor ilmiy izlanish natijalarining samarali tomonlarini quyidagicha xulosalagan:
-Tuproq tuzilishining yuqori ko‘rsatkichlarini saqlab qolish uchun uni vegetatsiya davrida eritmalar bilan kamida 2 martadan 4 martagacha ishlov berish kerak. Tomchilatib sug‘orishda polimer eritmalarining ta’siri ikkinchi yil davomida ham saqlanib qoladi va sirt qatlamida 1 mm dan katta suvga chidamli agregatlar soni dastlabki namunasiga qaraganda 12,5-20,0 % ga yuqori bo‘ladi. 2 yil davomida polimer eritmalaridan foydalanish tuproqning KC va KS qiymatlarini bir necha marta oshiradi, bu esa ishlov berish paytida PE ning barqarorlashtiruvchi ta’sirini ko‘rsatgan.
- O‘simlik mavsumining oxiriga kelib azotning mineral shakllarining tarkibi tajribalarning barcha usullarida sezilarli darajada kamaydi, ammo 200 kg/ga (0,5-1,0 %) miqdorida KPAA bilan ishlov berilgan usulida uning yo‘qotish hajmi o‘rganilayotgan namuna va PAA va NPAA polimerlari shakllariga nisbatan kamligini ko‘rsatgan.
- Tuproq agregatlarini barqarorlashtirish uchun PE eritmalaridan foydalanish Corg miqdorini natriy agregatlar turg‘nligini oshiradi. Noorganik o‘g‘itlar va suvda eruvchan polimerlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish nafaqat strukturali zarrachalar miqdorini oshirish, balki tuproq tizimidagi zarur elementlar va organik uglerodni ko‘paytirish orqali unumdorlikni oshirishga yordam beradi. Organik uglerod miqdori strukturaga ega zarrachalar miqdoriga bog‘liqligini aniqlangan.
Yuqorida koˈrsatilgan ilmiy yutuqlarni inobatga olib, D.X Abdurakhimovni 11.00.05 - atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Taqrizchi:
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
professori, k.f.d. M.J. Maxmudov
Download 15.48 Kb.




Download 15.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D X abdurakhimovning Koˈchma qum va tuproqlarda struktura hosil qilish uchun suvda eruvchan polimerlarni yaratishning ilmiy-ekologik jihatlari

Download 15.48 Kb.