● Kredit ta’minoti: bu nima va u nega
kerak?
Ta'minot
- berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya
qilish mexanizmlaridan biri.
Darhaqiqat, bu bankka qarz oluvchi
moliyaviy muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham olingan
mablag'larni foizlar bilan qaytarishiga ishonch hosil qiladigan
kafolatdir. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni
xohlasa yoki uning kredit tarixi shubhali bo'lsa (yomon kredit
tarixi) qo'llaniladi.
Kreditlarni ta'minlash qarz oluvchiga ham bir
qancha imkoniyatlarni beradi:
● kattaroq miqdorda kredit olish
imkoniyati;
● kredit shartnomasini uzoqroq
muddatga rasmiylashtirish;
● so’ralgan kredit miqdori
tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq
bo’lishi.
Kredit ta'minotining asosiy shakllari
○ asosiy shakllari: garovga
qo'yiladigan mol-mulk,
jismoniy yoki yuridik
shaxsning kafilligi, sug'urta;
○ qo'shimcha shakllar: bank
kafolati, bank depoziti.