Darsning borishi:
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Ajratilgan vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism: salomlashish, davomaatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish, mashg’ulotning borishi haqida ma’lumot berish.
|
Suhbat
|
10
|
2
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadilar. O’zlari guruhlariga nom tanlaydilar. Har-bir guruhga tarqatma materiallar asosida savollar beriladi. Savol ustida guruh a’zolari hamjihatlikda ishlaydilar. O’tilgan mavzu yuzasidan bahs- munozara tashkil qilinadi.
|
Bahs-munozara, savol- javob, aqliy hujum.
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni: Mavzuning asosiy ma’no- mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi va namunalar asosida ko’rsatib beriladi.
|
Suhbat, ko’rgazmalilik
|
15
|
4
|
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustaqhkamlash: Berilgan topshiriq asosida klaster tuzish vazifasi beriladi. Guruh a’zolari haamkorlikda ishlaydilar.
|
Klaster
|
10
|
5
|
Amaliy mashg’ulot: O’quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Dasta bet”birikmasini hosil qilish topshirig’I beriladi.
|
Amaliy
|
35
|
6
|
Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Mavzu yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash hamda “klaster” tuzib kelish.
|
Rag’batlantirish
|
10
|
Yangi mavzu bayoni:
Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o’zaro oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda qo’llaniladigan bog’lash usullari: dasta bet bog’lash, prizmatik yoki to’g’ri tirnoqli birikmalar( bir tirnoqli yoki ko’p tirnoqli), porsi usulida bog’lash, zakrovli birilmalar, chokli birikmalar, “qaldirg’och quyruqli” tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat.
Dasta bet bog’lash eng oddiy va eng oson usuldir. Bu usul
binokorlik ishlarida, parnik xo’jaligida yog’och qismlarini o’zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Birikmaning o’lchamiga qarab detallar bir- biriga mixlash yoli bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi.
Biriktirish usuliga ko'ra ajraladigan va ajralmaydigan duradgorlik birikmalariga bo'linadi.
Birikmani etarli darajada puxtalash uchun mix, burama mix, burchakli usqurma, kiritma plastinka, bolt gayka va turli duradgorlik birikmalari dan foydalaniladi. Detallarni yog’och mixlar bilan biriktirish asosan turumli birikmalarda qo’llaniladi. Yog’och mixlar yo’g’onligi 3-12 mm gacha bo’ladi. Ular parmalangan teshiklarga yelimlab qoqiladi.
Yig’ilgan va kuchga ishlaydigan ba’zi duradgorlik detallarida bolt gaykalardan foydalaniladi.
Porsi usulida buyumlarni yasashda qo’yiladigan texnik talablar:
Birikmaning har bir elementi chizmaga muvofiq tayyorlanishi lozim.
Biriktirilgan hamma sirtlar bir – biriga jipslashib turishi kerak.
Tirnoqli birikmaning ajraladigan yollari to’g’ri chiziqli va tirqishsiz bo’lishi lozim.
Porsi tirnoqli birikmaning geometriyasi to’g’ri burchakli bo’lishi shart.
Mehnatning xavfsizligi uchun:
Kesuvchi asboblarni dastgohning chetiga qo’ymaslik va dastgohning chetidan chiqib turmasligi lozim.
Tirnoqli birikmali buyumlarni yig’ish va elimlashda foydalaniladigan asboblar hamda moslamalar sozlangan bo’lishi lozim.
Iskana bilan kesishda uni tutib turgan qo’l tomonga yuritish man qilinadi.
|