• Uyga vazifa berish.
  • Dars mavzusi : Xalq hunarmandchiligi to’g’risida umumiy ma’lumot




    Download 24.79 Kb.
    bet2/2
    Sana12.10.2022
    Hajmi24.79 Kb.
    #27065
    1   2
    Bog'liq
    men
    Hurliman, 7-seminar, Муратбаева Лайло (3), РЕЖА 2020 Хотин қизлар маслахат Кенгаши НДПИ, 2. Строение атома (лекция), Precessiya, 1-АБ кайта тапсырыу, Qattiq jism fizikasi (uzb) MOK2022-23d, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 2a tex, 1 Laboratoriya ishi, Бабамыз Берунийдиӊ 1050 жыл крилша., 5-mavzu, 388978
    Hunarmandchilikmaktablari.Toshkent ganchkorlik maktabi ham o'ziga xos maktablari bilan ajralib turadi.Bu maktabga xos naqshlar nozikligi aniq simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Toshkent ganchkorlik maktabi nanioyondalari safida Usmon Ikromov, Toshpo'lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Anvar po'latov, Mirmahmud Rahmatov,akauka Abdurahmon va Mo'min Sultonovlar, Hayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar Tohirov, Mirvohid Usmonov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishadi. Buxoro ganchkorlik maktabi san'atining eng rivojlangan joyi va o'chog'i hisoblanadi. Zero, bu san'at o'yma ganchlarning yirik hamda o'ziga xos mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyondalaridan birak ademik Usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyondalari Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta Islom, Usta Ikrom, Usta Jo'ra, Usta Qurbon Yuldoshev, Usta Ibrohim Hafizov, Usta Narzillo, Usta Hayot Nosirov va boshqalardir. Hunarmandlar qadimdan bir-birlari bilan birikib bir mahallada yashaganlar, Shuning uchun mahallalarning nomi ko'pchilik qaysi hunar bilan shug'ullansa shu nom bilan yoritilgan. Masalan, zargarlik bilan shug'ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug'ullansa misgarlik (misgaron) mahallasi deb yuritilgan va h. Samarqandda o'rta asrlarda mashhur Registon maydoni yaqinida nodir metallarga badiiy ishlov beruvchi xalq ustalari mahallasi - “Zargaron” mavjud bo'lib, maxsus hovlilarda ustalar o'zlari tayyorlagan noyob san'at asarlarini va buyurtmalarini sotib hayot kechirganlar. Buxorodagi Misgaron va Zargaron savdo rastalari ham metallga badiiy ishlov berish san'atining hamda metallga badiiy ishlov berishasosida rivojlangan milliy hunarmandchilik kasblarni O'rta Osiyoda qadimdan rivojlanib kelayotganligining isbotidir. Hozirgi davrda ham O'zbekistonda metallga badiiy ishlov berish kasblari, ayniqsa pichoqchilik, kandakorlik, misgarlik keng rivoj topgan. Buxoro va Xiva shaharlarida ishlab turgan xalq amaliy san'ati maktablarida o'quvchilariga bu kasblar o'rgatilib kelinmoqda. Buxoroda “So'fikordgar” qishlog'ining nomi hali ham saqlanib qolgan.U erda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi.O'rta Osiyo hududidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko'p bo'lgan.Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, Qadimda O'rta Osiyoda erkaklarning ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan.Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o'ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an'analarini qayta tiklash va o'zlashtirish natijasida mamlakatimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san'at darajasiga ko'targanlar. Bugungi kunda yurtimizning turli viloyatlarida tashkil etilgan maktablarda usta hunarmandlar tomonidan ko'plab buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Toshkentlik ustalardan usta Mo'min, Abduqori, Jamila Saidova, Yusufjon va qizi Zebinisolar, buxorolik ustalardan Shodi Muhammad Barotboy, usta Sharif, Salohiddin, Hakim Buxoriy, Olim Abdusalomovlar, qo'qonlik ustalardan Mulla Xoliq, usta musavvir Kashg'ariy, Foriq Xoliqov, Lutfulla Fozilov, Oynisabibi, Sobirabibilar, samarqandlik ustalardan esa Ahmad, Salim misgar, usta Ohunjon, Karim G'ofurov, Karim Ahmedov kabi ustalarning metallarga ishlov berish orqali tayyorlagan buyumlari hozirgacha saqlanib va foydalanib kelinmoqda. Uiarning shogirdlari ustozlarining izlaridan borib, ustozlari ishlarini davom ettirishmoqda. Qorasuv, Chust, Xiva, Shahrixon, Qoqon, Farg'ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo'lib, ular o'zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan bir-biridan tubdan farq qilgan. O'zbek xalq amaliy bezak san'atining eng keng tarqalgan turlaridan yanabiri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o'yib yoki bortiq qilib naqsh ishlash tushuniladi.Savdo-sotiqda qadimdamdan kandakorlik buyumlariga talab katta bo'lgan. O'zbek xalq amaliy san'ati turlari ichida zeb-ziynat san'ati bo'lmish zargarlik alohida o'rin egallaydi. Qo'qonda shuhrat qozongan zargar ustalardan esa Mahmud, usta Omon hoji Marahimov, X.Najmiddinovlar, Namanganda usta Niyoz Oxun, Andijonda esa Oybergan, X.Otaboyev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samihiddin, A.Shoislomov, usta Mirxalil, Urganchda M.Abdullayev, Samarqandda X.Yo'ldoshev, Kolimboyev, V.Hafizov va boshqalarning mehnati zargarlik kasbining rivojlanishida juda katta hisoblanadi. Ozbekmilliykashtado'zlikxalqhunarmandchiliksan'atiningengqadimiyturlaridanbo'lib, uxalqningo'zturmushinigo'zalqilishistaginatijasidayuzagakelgan.Kashta kiyimlar va buyumlami bezashda hamda ro'zg'r bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo'llanilgan. Kashtachiligimiz san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O'zbek chevar ustalari qo'llari bilan tikilgan kirpich, so'zana zardevor, gulko'rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi horijiy mamlakatlarda, shuningdek, Respublikamizning Farg'ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san'at muzeularida ko'p namunalari to'planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Kashtado'zlikning yirik namoyondalaridan andijonlik rassom kashtado'z X.Nazarov, samarqandlik tashtado'z Usmon shokirov, toshkentlik kashtado'z va chizmakash Xayri Sobirovalar kashta buyumlariga yangi turli xil naqsh kompozitsiya va tikish usullarini yaratdilar. X.Sobirova onasi Zaxira Mirxoliqovadan qo'lda, mashinada tikish sirlarini va chizmachilikni o'rgandi. X.Sobirova 15 yoshidan boshlab onasining kashtado'zlik hunarini davoin ettirib, ko'plab shogirdlar yetishtirishda o'z hissasini qo'shgan. O'zbek kashtachiligida iroqi, ilma, yorma, bosma, xomdo'zi, chamak, chinda hayod, baxya choklari keng tarqalgan.Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi.Chunonchi, Toshkentda ko'proq bosma choki, Shaxrisabzda yorma, kandaxayol, iroqi, Buxoro, Samarqand, Nurotada yorma choki bilan tikiladi. Kashtado'z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g'uncha, qush va boshqalarning tuzilishini, o'sish qonun-qoidalarini, ko'rinishini sinchiklab o'rganib, ulardan turli naqsh kompozitsiyalar ishlash uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan gulni stillashtirib olar ekan, uning go'zaliigini qaysi holatdagi ko'rinishini tasvirlashni izlab topadi.Osimliksimon naqshlar “Islimiy gullar” deb ataladi.Islimiy gullar o'z navbatida, ikki tomonga ulanadigan ko'rinishda bo'ladi. O'zbek kashtalarida o'simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko'p bo'lsa, rus kashtachiligida geometrik, o'simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko'p tasvirlanadi, qozoq va qirg'iz kashtachiligida esa ko'proq hayvonlar, shox va tuyoqlami eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar natijasida bugungi kunda barcha sohalar kabi aholini mehnat bilan ta'miniash, ularga kasb-hunar o'rgatish ishlari, jumladan, hunarmandchilik ham asta-sekinlik bilan rivojlanib, takomiilashib bormoqda. Respublikamizda aholining mehnat resurslardan oqilona foydalanish maqsadida kasb- hunarning ayrim turlari, ayniqsa, milliy qadriyat sifatida bugungi kunda tiklangan va tiklanayotgan xalq hunarmandchiligiga oid ko'plab qonun va farmonlar ishlab chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ustalarining, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqolpog'iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bo'linmalarga ega bo'lgan “Hunarmand” uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31- martidagi PF-1741-sonli “Xalq amaliy san'ati hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash choratadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga asosan tashkil topgan. Ushbu farmonga ko'ra “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan. - xalq hunarmandchiligining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlami himoya qilish; - ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik mehanizatsiya vositalari bilan ta'minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularda uyda ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko'mak berish; - bozor munosabatlari talablarini o'rganish hamda yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchun mahalliy xom ashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish; - mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng targ'ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, ko'rgazmalar va kimochdi savdolari o'tkazilishini tashkil etish; - xalq san'atining noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an'analarini saqlab qolish hamda bu ish ko'nikinalarini yoshlarga sig'dirish, mohir ustalarni tayorlash bo'yicha maxsus maktablar tashkil qilish. “Hunarmand” uyushmasining asosiy inaqsadi: - asrlar davomida rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san'ati va badiiy hunarmandchiligi an'analarini saqlab qolish, uni nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham namoyish qilishga ko'maklashish - xalq amaliy an'analari asosida faoliyat yuritayotgan xalq ystalari, hunarmandlar, amaliy sanat mutaxasislari, ijodkor yoshlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish; - uiarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; - ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarni amalga oshirish; - iqtidorli bolalar va yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish;
    Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash . zinama zina metodi.
    Uyga vazifa berish. O’quvchi mavzu asosida qo’shimcha materiallarini to’plash va tarqatma materiallar tayyorlab berish.
    Download 24.79 Kb.
    1   2




    Download 24.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars mavzusi : Xalq hunarmandchiligi to’g’risida umumiy ma’lumot

    Download 24.79 Kb.