Dars sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish




Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.05.2024
Hajmi484,61 Kb.
#229508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dars-sifatini-oshirishda-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
366 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
O‘quv jarayonida masofali o‘qitish tizimini tashkil qilishning asosiy talablaridan 
biri o‘quv materiallarini o‘quvchilarga taqdim etish vositalari hisoblanadi. Bunda 
masofali o‘qitish tizimining asosini tashkil etuvchi o‘quv materiallarining elektron 
versiyalarini yaratishga bir qator talablar qo‘yiladi. 
O‘quv materiallarini elektron ko‘rinishda taqdim etganda uning o‘quvchilar 
tomonidan tushunish darajasiga alohida e’tibor berish kerak. Elektron shaklda taqdim 
etilayotgan materiallar talim oluvchilar uchun qulay va yaxshi o‘zlashtira oladigan 
bo‘lishi kerak. Tavsiya etilayotgan o‘quv materiallarida kerakli ta’riflar, tayanch 
iboralar, kalit so‘zlarga murojaat qilish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari 
yaratilishi kerak. 
Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stendlar ko‘rinishida imitatsiya 
qilish orqali tashkil qilish masofali o‘qitish tizimida quyidagi imkoniyatlarni 
ta’minlaydi: 

virtual stendlar uchun maxsus jihozlangan xonalar talab qilinmasligi; 

laboratoriya ishlarini animatsiyalar bilan ta’minlanish va ob’ektlar ustida olib 
borilayotgan jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish; 

yaratilgan virtual stendlardan ko‘p marotaba foydalanish. 
Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stend tarzida tashkil qilish 
masofali o‘qitish tizimida juda katta ahamiyatga ega. Masofali o‘qitish tizimini tashkil 
qilish natijasida ko‘rgazmali o‘quv materiallaridan uzoq mintaqalardagi ta’lim 
muassasalarida o‘quv jarayoni uchun kerakli o‘quv jihozlari etarli bo‘lmagan holda 
ham ta’lim oluvchilar amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyati yaratiladi. 
Elektron o‘quv materiallarini yaratish, ulardan qulay va samarali foydalanish 
uchun elektron o‘quv materiallari pdf formatiga o‘tkaziladi. Bu formatda 
tayyorlangan materiallardan foydalanishning afzalliklari quydagilardan iborat: 

ma’lumotlar xotiradan kam joy egallaydi; 

ma’lumotlar himoyalangan bo‘ladi (o‘zgartirishlar, viruslar ta’siridan holi qilish 
va boshqalar); 

ma’lumotlarni qidirish va chop etishni tezlashtirish; 

ma’lumotlarni ifodalovchi yuqori sifatli shriftlarning mavjudligi; 

ixcham tasvirli ma’lumotlarni yaratish; 

ma’lumotlarning zarur sahifalariga tez o‘tishni ta’minlash va boshqalar. 
Bu kabi ko‘rsatkichlar masofali o‘qitish jarayonida foydalaniladigan o‘quv 
materiallarining asosiy talablarini tashkil qiladi. 
XULOSA: 
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning 
afzalliklari quyidagilardan iborat: 



Download 484,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish