Dars sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish




Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.05.2024
Hajmi484,61 Kb.
#229508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dars-sifatini-oshirishda-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
365 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
eshitish, mulohaza qilish va qayta-qayta takrorlab o‘z bilimlarini oshirish 
imkoniyatlarini yaratadi. Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi, 
ayniqsa multimediali vositalardan foydalanish o‘quv jarayoninig didaktiv ko‘rinishda 
tasvirlash uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. 
O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali 
foydalanishda elektron darsliklarning alohida o‘rni mavjud. Elektron darslik - 
kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv uslubini 
qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy 
ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan elektron 
o‘quv adabiyoti hisoblanadi. 
Ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
qo‘llanilsa ta’lim-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini 
jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin: 

maqsadga yo‘naltirilganlik; 

o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish

ta’lim mazmunining axborotli hajmini kengaytirish; 

o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish; 

o‘quvchilarning o‘quv-amaliy darajasini mustahkamlash va boshqalar. 
O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilishda 
zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. 
Kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o‘quv- uslubiy materiallar va 
elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim 
uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter 
texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va 
unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv manbalari elektron 
o‘quv darsliklarini keng qo‘llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini tashkil 
etish, ta’limning masofadan o‘qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon 
elektron o‘quv tizimiga kirishdan iborat. 
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun yaratilgan elektron o‘quv-uslubiy 
materiallar avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar yordamida faoliyat olib boradi. 
Avtomatlashtirilgan o‘quv-uslubiy materiallar ta’lim oluvchilarga kerakli mavzular 
bo‘yicha ma’lumotlarni tavsiya etadi va bilimlarni nazorat qiladi. Bilimlarning 
nazorati natijasiga qarab ta’lim oluvchilarga turli saviyadagi topshiriqlar tavsiya 
qilinadi. Avtomatlashtirilgan o‘quv-uslubiy ta’lim vositalari yordamida ta’lim 
oluvchilar o‘qituvchining yordamisiz ham o‘z bilimlarini oshirib takomillashtirib 
borishi mumkin. 



Download 484,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

Download 484,61 Kb.
Pdf ko'rish