|
Dars sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishBog'liq dars-sifatini-oshirishda-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mazkur maqolani tadqiq qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik,
izchillik, tarixiylik hamda obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Kasbiy
terminologik lug’at boyligini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
roli obyektiv ochib berildi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish davri tarix
nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. N.I. Taylaqovning “Ta’lim tizimida zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari” nomli o’quv qo’llanmasi
metodologik manba qilib olindi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR
Ta’lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar xaqida gap ketganda,
ta’lim berish jarayonini ezgulik ko‘prigiga o‘xshatamiz, bu ko‘prikdan
o‘quvchilarimizni bilimli, dunyoqarashi keng qilib olib o‘tish ustozni, ya’ni
o‘qituvchilarni vazifasi deb bilamiz. Darslarning nazariy va amaliy qismida
o‘quvchilarning qiziqishini oshirish uchun pedagogik texnologiyaning samarali
usullaridan foydalanib, kichik guruhlarga bo‘lingan xolda olib boriladi.
Mashg‘ulotlarni olib borish jarayonini kuzatib borish va kerakli maslaxatlar berish
kichik guruhlarda darslarni samarali o‘tilishiga yordam beradi. O‘z kasbini ustasi
bo‘lgan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish,
ular xaqida o‘quvchilarga so‘zlab, savollarga xayotiy misollar keltirish bilan javob
beriladi. Buning uchun faqat o‘qish, o‘rganish kerakligi xaqida maslaxat beradi.
Bunday malakali mutaxassislar bilan uchrashuvlar, baxs- munozaralar tashkil etish
ham o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Ota-onalarda farzandini
yuksak ma’naviyatli, bilimli, komil inson etib voyaga yetkazish istagini yanada
kuchaytirish zarur.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o‘qitishning yangi shakl
va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat yaratildi. SHu bilan birga,
|
| |