|
Darsning borishi
|
bet | 2/4 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #250409 |
Bog'liq algebra-8 ochiq darsDarsning oltin qoidasi:
O’zaro hurmat
O’zgalarni fikrini tinglash
Vaqtdan unumli foydalanish
Faol qatnashish
Do’stona munosabat
Yuqoridagilar bilan tanishtirgach darsni BBB(bilardim,bilib oldim, bilmoqchiman) usulida olib borilishini har bir to’g’ri javob uchun beshburchakning bir tomoni chizilishini tushuntiriladi.
Savollar:
-bugun sinfda navbatchi kim?
-Bugun sinfda navbatchi men.Bugun haftaning payshanba kuni.Sinfdagi hamma shu yerda
- rahmat,o’tiring
-Endi darsimizni boshlaymiz
-Biz qanday davlatda yashayapmiz?
- Mustaqil- O’zbekistonda.
-Prezidentimiz?
-Islom Abdug’aniyevich Karimov.
- Eng ko’p urg’u berib o’rgangan asarlari nomini ayting.
-“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari .
Quyidagi slaydlar qo’yiladi:
-Ma’naviyat so’ziga tarif bering.
O’quvchilar javob berishadi:
« Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir»
Islom Karimov
-Prezidentimizning eng so’ngi asarlari nomini ayting.
O’quvchilar javob beradi:
-O’qituvchi: Modomiki shunday ekan, biz yoshlar Vatanimiz kelajagi uchun o’zimizning namunali xulqimiz va a’lo o’qishimiz bilan hozirdan tayyorlanib borishimiz kerak.
Bugungi darsga uy vazifalarni bajarib , tayyor bo’lib keldikmi?
- O’quvchilar: Ha , albatta .
Uy vazifasi slayd yordamida tekshiriladi:
Uyga vazifani tekshirish.
1.Taqqoslang:7 va √48; 2√3 va 3√2; 33va 28; 4 4va 255.
-Uy vazifalari to’g’ri chiqqan o’quvchilar beshqirrali yulduzning ikki qirrasini markaer yordamida chizib qo’yadilar. Bu ularning bugungi darsda ularga berilgan 5 ta imkoniyatning ikkitasini qo’lga kirishganini bildiradi
O’qituvchi: DTS asosida olgan bilimlarimizni takrorlab olsak:
O’quvchilar “ Do’stingni top o’yini “ asosida o’tgan mavzularni takrorlashadi.
O’yinda faol qatnashgan o’quvchilar beshqirrali yulduzning yana bir qirrasini qo’lga kiritishadi.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin aktyorlik mahorati sinaladi:
X2=49 tenglamani ushlab Anzirat buvi chiqadi(“Suyunchi” filmidan)
Uni korgan Xolmat qayerga ketayotganini so’raydi:
Anzirat buvi: Mana shu tenglamaga yechim qidirib ketyapman.
-Men ham sen bilan boraman.
-Shu desang, 8-“A” da ochiq dars bo’layotgan ekan, balkim o’sha yerdan yechim topa olarmiz.
-To’gri aytasan.
O’quvchilardan biri: Iye, Anzirat buvi keeling, bu yeralarga qaysi shamol uchirdi?
-Mana shu tenglamani yechimini topib bersangiz?
-Bizda sonlar juda ko’p. Hozir ulardan ayrimlarini chaqiraman.Hoy,
uch.Kelaqol…
(Qo’lida uch ushlagan o’quvchi keladi: Assalomu-alaykum, deb salom beradi.)
-Tog’ri kelmaydi.Boshqasini chaqir…
-Hoy , besh, kelaqol… Bu beshni hamma o’quvchilar yaxshi ko’radi. Baholarning a’losi sanaladi…
(Qo’lida besh ushlagan o’quvchi keladi: Assalomu-alaykum, deb salom beradi.)
-Boshqasini chaqir…
-Hozir chaqiradigan sonim ham “+”, ham “ –“ ishoraga ega. Qiynalib qolmasmikinsiz?
(Qo’lida “+”;”-“ 7 ushlagan o’quvchi: Uff , namuncha yechim-yechim deyaverishadi… deb keladi)
-Shunisi menga ma’qul…O’zim tarbiyalab olaman.
Xolmat nima uchun buni tanlaganligini sababini so’raydi.Anzirat buni hozir ustozi tushuntirishini aytib joyiga o’tiradi.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini jalb qilish uchun quyidagi masalani beradi:
Bir son o’ylang. natijani uchga ko’paytiring , natijaga 45 ni qo’sing . Yig’indini 3 ga bo;lib, o’ylagan soningizni ayiring. Natija 15 chiqdimi?
Buning sirini albatta matematikani yaxshi tushungan o’quvchilargina anglab yetadi:
(3*X+45): 3-X=X+45:3-X=15. Tenglama mavzuga bog’lanadi va mavzu tushuntiriladi.
O’qituvchi mavzuni tushuntirishdan oldin o’quvchilarga sonning moduli nima deb savol beradi.
Javob bergan o’quvchi yana bitta qirrani qo’lga kiritadi.
|
| |