Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod




Download 59,77 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2024
Hajmi59,77 Kb.
#230647
1   2   3   4   5
Bog'liq
sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx (1)

10 – chizma


Yolqin razryad musbat ionlarning katoddan urib chiqargan elektronlarning zarbi bilan ionlanishi tufayli hosil bo’ladi. Katod yaqinida bu elektronlar maydon ta’sirida endi tezlasha boshlagan bo’ladi. Shuning uchun V soha ularni amalda zarb bilan ionlashtirmay ham, hatto gaz molekulalarini qo’zg’algan holatga ham keltira olmaydi, bu sohaning nurlanmasligining sababi shu. Elektronlar musbat A ustunga yetgach, yetarli kinetik energiyaga ega bo’ladi va shu sababli ustundagi gazni ionlashtiradi. Zarb bilan ionlashda hosil bo’ladigan musbat ionlar katodga qarab intiladi va katoddan yangi elektronlarni urib chiqaradi, bu elektronlar o’z navbatida yana A sohadagi gazni ionlashtiradi va hokazo. Shunday qilib, yolqin razryad uzliksiz sanaladi.
V sohada (A sohaga nisbatan) ionizatsiya kam bo’lgani uchun tok manbai hosil qilgan kuchlanishning deyarli barcha tushishlari bu sohada to’plangan.
Gaz yanada siyraklanganda uning nurlanishi zaiflashadi va amalda simob ustupi 10-3 mm sim ust tartibiga yetganda to’xtaydi. So’ngra shisha nay (devorlari) yashil rangda nurlana boshlaydi.
Bosim yanada kamaytirilganda shishaning yashil nurlanishi susayadi va 10-5
mm simust ga yaqin bosimlarda to’xtaydi.
Yolqin razryad bo’layotgan lampalar yorug’lik manbalari sifatida ishlatiladi (kunduzgi yorug’lik lampalari). Bu hollarda ular argon aralashgan simob bug’lari bilan to’ldiriladi, nayning devorlari ich tomondan fluoressiyalanadigan modda (lyuminofor) bilan qoplanadi.
Qutb yog’dusi tabiiy sharoitlarda bo’ladigan yolqin razryadga misol bo’ladi. Bu yog’du atmosferaning yuqori (siyrak) qatlamlarida quyoshning aktiv sohalaridan chiqib, yerning magnit maydoni tomonidan yer magnit qutblari zonalarida yig’iladigan zaryadlangan zarralar oqimlari ta’sirida hosil bo’ladi.

Mundarija.

  1. Ma’ruza………………………………………..

  2. Ma’ruza…………………………………………


  3. Download 59,77 Kb.
1   2   3   4   5




Download 59,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod

Download 59,77 Kb.